Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyev 5 may kungi yiğilişda ma'lum qildi.
«Bu yil insoniyat uçun, şu jumladan biz uçun juda oğir keldi. Keyingi bir haftaning özida xalqimiz ketma-ket kutilmagan sinovlarga duç keldi.
27 aprel keçasi Buxoro viloyatida, ayniqsa, Olot va Qoraköl tumanlarida yuz bergan oğir tabiiy ofatdan yaxşi xabardorsizlar.
Bu ofat viloyat böyiça 38 mingdan ziyod aholi xonadonlari, 847 ta ijtimoiy soha obektlariga, ekin maydonlariga zarar yetkazdi. Qişloq xöjaligi, işlab çiqariş, xizmat körsatiş va infratuzilma sohalariga ham jiddiy talafot yetdi.
Biz tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf qiliş böyiça barça zarur çoralarni köryapmiz. Hukumat komissiyasi tun-u kun işlamoqda.
Bugungaça 70 foiz ijtimoiy obektlar, 20 foiz aholi xonadonlarining tomi yopildi. Şuningdek, 5 ming kilometr elektr tarmoqlari, 1 ming 100 ta transformator ta'mirlanib, 286 ming aholining elektr ta'minoti tiklandi. Yakka tartibdagi uy-joylar ham ta'mirlanmoqda», – dedi davlat rahbari.
Eslatib ötamiz, uşbu tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etiş uçun prezident farmoyişi bilan 100 mlrd söm ajratilgan edi.
Kuçli şamol oqibatida bir kişi vafot etdi, 41 kişi jarohat oldi.

















