«Odamlar qöşni qişloqdagi yaqinlari holidan ham bexabar qolgandi» – Olotdagi böron va tumandagi hozirgi vaziyat haqida
|23:01 / 05.05.202039 18313 min
28 aprelga ötar keçasi kuzatilgan böron ayniqsa Buxoro viloyatining Olot va Qoraköl tumanlariga katta talafot yetkazdi. Kun.uz muxbiri Olotdagi tabiiy ofatga bevosita guvoh bölgan insonlardan biri bilan suhbatlaşdi.
Suhbatdoşning aytişiça, Olot tumanining Turkmaniston bilan çegaradoş hududlarida işlaydigan odamlar köp. Ular, asosan, çegaradagi nasos stansiyalarida va çegara postlarida işlaşadi. Nasos stansiyalari va çegara postlari işçilari çegarada böron turişi bilan uydagilarini 5-10 daqiqa oldin ogohlantirişga ulgurgan.
«Lekin agar, masalan, kuçli şamol Turkmanistonda boşlangandan keyin yarim soat oldinroq Buxoro ham ogohlantirilganda, talafot kamroq kuzatilardi. Odamlar maşinalarini çetga olişga, özlari ham xavfsizroq yerga ötib olişga ulgurişgan bölardi, nazarimda», – deydi u.
«Böron favqulodda kuçli edi»
– 27 aprel kuni kötarilgan böron ança kuçli edi. Jud köp uylarning tomidagi şiferlar uçib ketdi, daraxtlar, simyoğoçlar quladi, qişloq xöjaligi katta zarar kördi.
OAVlarda tarqalgan na'munaviy uylarning suratlariga qarab köpçilik faqat ularning tomiga ziyon yetgan, degan fikrga bordi, ijtimoiy tarmoqlar orqali ularni qurganlar tanqid qilindi. Lekin şamol juda kuçli edi, tumandagi deyarli barça uylarning tom va boşqa qismlariga ma'lum darajada ziyon etdi. Bundan taşqari, şamol bilan birga kelgan yomğir qum va tuproq bilan qöşilib, binolarning fasad qismini ham zararladi.
Börondan keyingi kun tuman şifoxonasiga borgan bir ayol kuçli şamol uni juda tez itarib ariqqa yiqitib yuborganini aytgan. Oqibatda esa qöli şikastlangan.
Qöşnimizning hovlisiga esa şamol çöldan yovvoyi quyonni uçirib kelgan, xonadonlarda toşbaqalar köpayib qoldi. Ular, ehtimol, çöl hududidan kelib qolgan bölişi mumkin.
Bundan taşqari, juda mustahkam daraxtlarning ham qulab tuşganini körgan odam böron kuçiga baho berişi mumkin.
Axborot oliş imkoni yöqligi miş-mişlar tarqalişiga zamin yaratdi
– Böron natijasida elektr uzilişi, mobil aloqa operatorlarining işlamay qolişi vaziyati yuzaga keldi. Oqibatda esa miş-miş tarqalişi uçun vakuum paydo böldi. Ya'ni siz qöşningiz bergan axborotdan boşqasini bilolmaysiz. Boşqa axborot oliş tanlovi bölmagani uçun odamlarda boşqa şaxsdan eşitgan axborotiga işoniş ehtimoli ham oşib ketdi.
Mavzuga oid
«Olot va Qorakölni suv bosarmiş», deya miş-miş tarqatgan odamlar topilib, OAVlarda e'lon qilindi. Lekin Olotda öşa vaziyatda har uç odamdan biri özi bilmagan holda miş-miş tarqatuvçi bölib qolgan edi.
Miş-mişlar keltirib çiqargan zilzila va toşqin vahimalari
– Turli miş-mişlar natijasida böronning ertasi kuni zilzila xavotiri bilan kun böyi köçada ötirgan odamlar ham bor edi. Çunki böron kuzatilgan kunning ertasiga «Soat 10:00da zilzila böladi», degan gap tarqaldi. Keyin keç soat bir va beş oraliğida, söng soat oltida zilzila böladi, degan xabarlar tarqaldi.
Olotda Amu-Buxoro kanalining nasos stansiyalari bor. Bu nasoslar Amu-Buxoro kanaliga Turkmanistondan keladigan suvni olib quyiş uçun möljallangan. Bu vazifani bajaradigan katta-katta nasos stansiyalarida ham simyoğoçlar qulaşi natijasida tok öçişi kuzatilgan. Natijada esa, nasos stansiyalari faoliyati töxtab qolgan, öşa yerda işlaydigan oddiy işçilarda esa nasos suvni yönaltira olmasligi sababli yaqin atrofni suv bosişi mumkin, degan vahima ham kötarilgan.
Vahima yetib borgan Qoraköl tumanida ham ayrim odamlar tumandan balandlikda joylaşgan katta qirga çiqib olişgan.
Qoraköl tumanidagi Zamonbobo qiri. 28 aprel, tuşdan keyin. Miş-mişlar ortidan mahalliy aholi öz avtomobillari, yuk maşinalari va hatto traktor tirkamalarida guruh-guruh bölib qirga çiqqan.
Foto: Daryo
Olot va Qoraköl Buxoroning quyi qismida joylaşgani, boşqa tumanlarga, masalan, Jondorga ötiş uçun 300 metr tepaga kötariliş kerakligi uçun ayrim odamlar suv vahimasiga işonişgan.
Lekin nasos stansiyalaridan işlovçi malakali mutaxassislar öz yaqinlariga suv toşmasligini, bu borada heç qanaqa vahima yöqligini tuşuntirib, tinçlantirişga urindilar. Şuning uçun köpçilik tinçlanib, bu mavzudagi gap-sözlarga işonişmadi.
– Taxminan aytiş mumkinki, 27 aprel kuni böron boşlangandan keyin soat çamasi 19:30lar atrofida elektr toki uzildi, keyinroq mobil kompaniyalar ham işlamay qoldi (odamlarning aytişiga qaraganda, faqat Uzmobile da aloqa uzilmagan ekan).
Bu holatga tuşib körmagan odam uçun vaziyatni tasavvur qiliş ham qiyin: elektr, gaz, aloqa uzildi. Köpçilikning metereologiya borasida ma'lumoti ham yöq. Menda ham böron Toşkentgaça yetib borgan bölsa kerak, degan faraz paydo bölgandi.
Odamlar qöşni qişloqda yaşaydigan ota-onasining ahvolidan ham bexabar qolişdi. Ular soğ-omonmikin, deya hamma ertalabdan bir-biridan xabar olişga şoşildi. Menimça, bularning hammasiga aloqa uzilgani va odamlarning bir-biri bilan boğlana olmay qolgani asosiy sabab böldi.
«Axborotsiz yaşaşni tasuvvur ham qilib bölmas ekan»
– Böron kuzatilgan kunning ertasiga davlat rahbari Olotga kelib, tuman faollari bilan soat 18:00lar atrofida uçraşgan bölsa, hatto öşa paytda ham ba'zi odamlar suv vahimasidan qörqib, qirga çiqib ketayotgan bölişgan.
Çunki köpçilik vaziyat haqida rasmiy ma'lumot oliş imkoniga ega emas edi. Masalan, men ham keyinroq internet orqali prezidentning Olotda faollar bilan uçraşgani va tegişli körsatmalar berilgani haqida xabardor böldim. Vaholanki, uçraşuv ötkazilgan joy bilan uyimiz orasidagi masofa – bir kilometr.
OAV hayotimizga şu qadar kirib kelganini sezdikki, axborot olmasdan yaşaşning özini tasavvur ham qiliş qiyin ekan hatto.
29 apreldan boşlab aholi orasida ovoz kuçaytirgiçlar orqali hammasi joyida ekanini, holatni davlat rahbari nazoratga olganini, yordam berilişini e'lon qilib çiqişdi.
– Börondan keyingi birinçi ikki kunni gaz, elektr tokisiz holatda ötkazdik. Birinçi navbatda odamlar tirik qolişganidan, jarohatlanmaganlaridan xursand edi. Odamlar moddiy zarar körişgan bölsa-da, hamma soğ-omon ekanligidan xursand edi.
Masalan, bir fermer tanişim bilan suhbatlaşganimda u böron kötarilganda faqat omon qolsak böldi, deb öylaganini, keyinroq hammasi ötib ketgandan keyin 100 gektarga yaqin yerida ösayotgan buğdoylarini borib körganini aytib berdi. Ya'ni odamlar böronning oqibatlarini öylab körib, bundan keyingi rejalari qanaqa bölişi haqida ham jiddiy öylay boşlaşdi.
«Odamlarning hamjihatligi yaqqol közga taşlanyapti»
– Ayni paytda Olotda uylar ta'miri uçun şiferlar tarqatilyapti, harbiylar xalqqa yordam beryapti. Eng közga taşlanayotgan jihat – odamlarning hamjihatlik bilan harakatlanayotgani bölmoqda.
Masalan, maktab yoki şifoxonalar ta'miriga jalb qilingan harbiylarning ovqatlaniş şaroitlari davlat tomonidan yaratilgan bölsa-da, odamlar çetdan kelgan harbiylarni mehmon sifatida qabul qilib, tomida şifer bölmasa ham, taom pişirib, ularga ilinib turişdi.
Böronning ikkinçi yoki uçinçi kunidan boşlab, hokimiyat binosiga, şifoxonalarning reanimatsiya bölimlariga elektr çiroği kelgan. Hozir esa mahallalarda ham elektr tokini tiklaş işlari olib borilyapti, tumanning ma'lum foizida esa elektr toki bor (suhbat 5 may kuni yozib olingan – tahr.).
Gaz ta'minoti esa börondan keyin 2 kun ötişi bilan tiklandi. Odamlar turmuş tarzi öta oğirlaşib qolgani yöq. Çunki qişloq xalqi gaz-elektrda kuzatilişi mumkin bölgan uzilişlar vaziyatiga moslaşgan böladi. Tabiiy ofatning karantin paytida kuzatilgani ham bir tomondan foyda böldi. Çunki köpçilik uyda, oilasi bağrida edi.
Olotliklar ekinlarga yetgan zarardan taşvişda
– Ayni paytda aholini öylantirayotgan eng asosiy masala – qişloq xöjaligi körgan zarar bölmoqda.
Fermerlarga buğdoy böron natijasida nobud bölgan yoki egilib qolgan bölsa, heç ikkilanmasdan ekin maydonini buzib taşlab, örniga paxta ekiş maslahat berilgan.
Şunday bölsa-da, ayrim fermer tanişlarim 1 gektar yerga ham uruğ, texnika, turli dori vositalari kabilar uçun ança xarajat işlatilganini öylab, havo isişi bilan bir neça kun içida buğdoy poyalari «örnidan turişi»ga umid qilişyapti. Agar şunday bölsa, hosilning ma'lum qismini saqlab qoliş imkoni bor, deyişmoqda.
Biroq keça ham (4 may) Olotda kuçli yomğir yoğdi. Qanday qaror qabul qilişni şaroit va ob-havoga qarab dehqonlarning özlari hal qilişadi, menimça.
«Odamlar uylarining tomi yopib berilişini kutişmagan edi»
Foto: Telegram / @davletovuz
– Karantin bölişiga qaramasdan, davlat rahbari tumandagi vaziyatga e'tibor qaratgani, boşqa viloyatlardan yordam kuçlari yetib kelayotgani odamlarga umid berdi.
Böronda tomi oçilib qolgan uylariga şifer tarqatilişi, ularni qoqişga yordam berilişini köpçilik tasavvur ham qilmagandi. Lekin tumanda taşkil qilingan ştab tezkorlik bilan böronning ertasigayoq aholiga tomlarini yopişda yordam körsatişni boşladi, ustalar işga tuşib ketişdi.
Turli viloyatlardan kelgan elektr montajçilari, ustalar va boşqa kerakli soha mutaxassislari hozir tumanda aholiga yordam körsatişyapti.
Tomi böronga bardoş bergan uylar ham baribir ziyon kördi
– Böron öşa kuni ança kuçli bölgan. Şamol ayrim holatlarda yoğoçga mustahkamlangan şiferlarni yoğoç bilan birga yulib olgan. Asosan, yengilroq metall şiferlar bilan yopilgan uylarning tomi köproq zararlandi.
Lekin bir qöşnimiz tomini sifatli qilib yopgani uçun uyiga deyarli zarar yetmadi. Biroq ayrim zararlanmagan uylarning tomiga boşqa uy şiferlari şamol natijasida uçib kelib ziyon yetkazgan. Şuning uçun deyarli hamma zarar kördi, deyiş mumkin.
Balki aholini bu kabi böronlarga va kuçli şamollarga doş bera oladigan tarzda uy qurişga, tomini yopişga örgatiş kerakdir.
Masalan, tomga qoqiladigan şiferning qalinligi, unga işlatiladigan yoğoçga talablar aniq işlab çiqilsa, ehtimoliy sodir bölişi mumkin bölgan tabiiy ofatlardan köriladigan zarar ham kamroq bölardi.
«Aholi bir-birini moddiy qiyinçilikda taşlab qöymasa kerak»
– Aholining moddiy ahvoliga kelsak, menimça, qişloq hududlarda odamlar bir-birini qöllaşiga işoniş mumkin. Lekin köpçilik qişloq xöjaligi mahsulotlari narxi oşib ketişidan xavotirda.
Aholi özining qizil yugurib qolgan gisollari, ğöra bölgan boşqa mevalaridan ham şamol tökib yuborgani tufayli ayrilgan.
Lekin ayrim faktorlar sababdir, ba'zi yerlarda ekinlar kamroq zarar körgan yoki qisman zararlangan.
Umumiy olganda, fikrimça, olotliklar ularga nisbatan davlat va xalqning ğamxörlik bilan qarayotgani tufayli işonçi ortib, tomorqa va ekindan daromadi kam bölsa-da, oç qolmasliklariga işonişmoqda.
– Qöşni respublikalar hududlaridan kirib keladigan böron yoki kuçli şamol kabilardan aholini imkon qadar ertaroq ogohlantiriş talafot kam bölişiga va aholining sarosimaga tuşmasligiga yordam beradi.
Agar ovoz kuçaytirgiç qurilmalari doimiy ravişda tuman markazlariga örnatilsa va ulardan favqulodda vaziyatlarda aholini ogohlantiriş maqsadida foydalanilsa, odamlarning oldindan ma'lumotga ega bölişiga erişiş mumkin. Tuman markazidagilar esa öz-özidan imkon qadar tumanning boşqa hududlarida yaşaydigan qarindoşlari, tanişlarini ogohlantirişardi.
Agar vaziyat haqida tuşunça bölsa, odamlar vaziyatni töğri baholaş imkoniga ega bölişardi, odamlar zilzila va suv toşqini böladi, degan vahimada qirda va köçada özlarini xatarga qöyib vaqt ötkazişmagan bölardi.
Bundan taşqari, tabiiy ofat böliş xavfi yuqori hududlar: Çimyon va Qamçiq dovonida kuzatilişi mumkin bölgan turli tabiiy ofatlardan taşqari respublikaning boşqa hududlarini ham e'tibordan çetda qoldirişmasa, foydali bölardi.
Bu kabi böronlar bölişi haqida ehtimoliy taxminlarni örganib, mahalliy aholi oldindan ogohlantirilsa, vaziyat ança yaxşiroq bölişi mumkin.