Nigina Ikromova:

– Turkiyaning Istanbul şahrida turamiz. Pandemiya hayotimizni, rejalarimizni butkul izdan çiqarib yubordi. Xöjayinim çoy işida işlardi. Men magazinda işlardim. Homilador bölib qolganligim sababli köp işlolmadim. Hozirgi kunda ikkalamiz ham işsizmiz. Xöjayinimning işlari yopilganiga ikki oy böladi. Ijarada turdik. Juda qiynaldik. Bir yarim oy davomida ijarada turib, pullarimiz tugab qolganligi uçun uy egasi bizni çiqarib yubordi. Turişimiz uçun pasportimizni unga berib qöyişimizni talab qildi. Pasport berişni xohlamay çiqib ketdik u yerdan.

Men homilador holimda köçada qoldik. Birimiz ikki bölsin deb işlaşga kelib şunça körgiliklarni kördim. Şunday paytda bitta opa yordam beraman, deb çaqirdilar. Ularning uyiga bordik. U ham xöjayini bilan turardi. Ular ham pandemiya sababli qiynalib qolişdi. Şundan söng ular ham uylarini topşirişga majbur bölişdi.

Ikkinçi marta köçada qolib ketdik. Hatto yeyişga nonimiz yöq bölib qoldi. Bir söm pulimiz yöq edi öşa paytlari. Şundan söng telegramda taşkil etilgan vatandoşlar guruhidagilardan Turkiyada qiyin ahvolga tuşib qolgan özbekistonliklarga elçixona yordam berayotganini eşitdik. Murojaat qilganimizdan keyin mahsulotlar keltirib berişdi. Oziq-ovqat mahsulotlarining içida un bor ekan. Men kasal yotibman, qon bosimim oşib ketgan. Xöjayinim xamir qorişni bilmaydilar. Bir amallab non qildilar, uni ham yeb bölmadi.  

Bağrikeng xalqimizga, saxovatpeşa yurtdoşlarimizga rahmat, köçada qolgan paytimiz yotoq-joy bilan ta'minladi. Mehmonxonaga joylab qöyişdi. Şifokorlarga olib borib qaratişdi.

Işonasizmi, hatto şifoxonaga tobim qoçib borganimda holatimni köra-bila turib umuman qabul qilişmadi. Tibbiy suğurtam bölmagani, şifokor körigidan ötişga pulim bölmagani uçun şifoxonadan çiqarib yuborişdi. Qon bosimim kötarilgan holimda ortimga qaytdim. Şifokorlar körigidan ötolmaganimdan keyin juda qiynalib qoldim. Xöjayinim bir oz pul topgaç, bir marta şifokor körigida böldik xolos. Olti oy homilador holimda qiynalib yurdim. Hattoki poliklinikalar qabul qilmadi. Mehmonxonaga joylagan yaxşi insonlar özlari pul tölab meni döxtirlarga qaratişdi.

Bu yerga kelmasimdan oldin ham Özbekistonda order orqali davolanib yurgan edim. Öpkamning mazasi yöq. Exinokokk bölganman. Turkiyadagi vraçlar közim yorişiga uzoği bilan bir oy qolganini aytişdi. Ketmasangiz, bu yerda namlik kuçli, havosini ham kötara olmayapsiz, şuning uçun qon bosimi öta kuçli bölyapti, deyişyapti. Buning natijasida oğriq ham kuçli, deyişyapti. Şu sababli uyimizga qaytişimiz kerak ekan. Öpkam bu namlikni kötara olmayotgan ekan.