Joriy yilning 7 may kuni soat 20:10larda Qoraqalpoğiston Respublikasi, Beruniy tumani, Oltinsoy MFY hududidan ötgan içki avtomobil yölida yöl-transport hodisasi qayd etildi.

Özbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga köra, haydovçi, 1972 y.t.  M.A. “Neksiya” rusumli transport vositasini yuqori tezlikda boşqarib ketayotib, rul boşqaruvini yöqotib, qarama-qarşi yönalişga çiqib ketib, qarşisidan öz yönalişida harakatlanib kelayotgan haydovçi, 1990 y.t. Ş.N. boşqaruvidagi “Isuzu” rusumli avtobus bilan töqnaşgan.

Natijada, “Neksiya” rusumli transport vositasi haydovçisi, 48 yoşli M.A. oğir tan jarohati olib voqea joyida vafot etgan. Uşbu avtomaşina yölovçilari, 1976 y.t. M.U., 1976 y.t. R.M. hamda “Isuzu” rusumli avtobus yölovçisi, 1997 y.t. M.R. tan jarohati olib şifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Beruniy tumani IIB TB tomonidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.

“Barça yöl harakati iştirokçilaridan yöllarda harakatlanganda "Yöl harakati qoidalari"ga amal qilişlarini sörab qolamiz”, - deyiladi xabarda.