«Qozoğiston umumiy reys taklif qildi, Özbekiston tomoni esa jim» – Maldiv orollarida qolgan özbeklar
|21:08 / 12.05.202033 53612 min
Kun.uz xorijdagi özbekistonliklar bilan onlayn intervyularini davom ettirmoqda. Navbatdagi suhbatimiz Maldiv orollarida qolib ketgan vatandoşlarimiz bilan bölib ötdi.
Maldiv orollari deganda köpçilik sayohat va dam oliş kabi maqsadda boriladigan manzilni tasavvur qiladi. Biroq bizning vatandoşlarimiz Hind okeanidagi bu orollarga işlaş maqsadida borişgan.
Ayni paytda orolda 20ga yaqin vatandoşimiz charter reys taşkil qilinişini kutmoqda. Biz ularning 9 nafari bilan aloqaga çiqdik.
Ularning aytişlariça, orolda oziq-ovqat zaxirasi çeklangan, şifokorlar juda kam, ma'muriyat tezroq u yerdan çiqib ketişni söramoqda.
Muhammadsodiq Muhammadjonov:
– Men Andijon şahridanman , döstim esa toşkentlik. Biz ötgan yili dekabr oyida Maldiv orollariga turizm sohasida işlaş maqsadida kelgandik.
Mart oyida boşlangan pandemiya sababli iş faoliyatimiz töxtadi. Hozir esa jiddiy karantin çeklovlari ostida yaşayapmiz. «Jiddiy» sözini orolga kiriş va çiqiş taqiqlangan, nazorat esa kuçliligi, işlarimiz töxtagani bilan izohlaş mumkin. Işlamayotganimiz sababli moddiy jihatdan ham muammolarga duç kelyapmiz.
Maldivda bölib turgan fuqarolarini turli davlatlar charter reyslar taşkillaştirib olib ketişmoqda.
Hozir orolda Özbekiston, Qozoğiston va Qirğiziston fuqarolari, şuningdek, hindistonliklar bor. Qozoğiston ham fuqarolarini yaqin orada qaytarişni reja qilmoqda.
Bizdan ham qaçon ketişimiz haqida har kuni söraşyapti. Ma'muriyat tezroq bizni aeroportga soğ-omon yetkazib qöyiş istagida.
Bundan taşqari, martdan beri Maldiv orollari yopiqligi sababli oziq-ovqat ta'minotida ham muammolar bor. Hozir orollarda tibbiy xizmat ham yaxşi yölga qöyilmagan. Har qanaqa jiddiy muammoga ham oğriq qoldiruvçi va şunga öxşaş dorilar beriş imkoniyati bor xolos.
Muhammadsodiq Muhammadjonov va Otabek Haydaraliyev
Otabek Haydaraliyev:
– Biz Maldiv orollarida taxminan yarim yildan beri mehmonxona biznesi yönalişida işlaymiz. Mart oyidan boşlab, barça turistlar orollarni tark etdi va karantin boşlandi. Men özimiz duç kelayotgan asosiy muammolar haqida aytmoqçiman.
Mavzuga oid
Birinçidan, orollarda tibbiy xizmat yöq. Agar kimningdir qöli sinsa, oşqozoni oğrib qolsa yoki hatto virus aniqlansa ham yordam oliş imkoni çeklangan. Bu yerda faqat bir nafar oilaviy poliklinika vraçi qolgan.
Ikkinçidan, orol yopiqligi tufayli oziq-ovqat muammosi ham yomonlaşib bormoqda. Oziq-ovqat kelişi töxtagan, bizga esa orollarda qolgan mahsulotlarnigina berişmoqda.
Uçinçidan, kadrlar bölimi xodimlari doimiy ravişda xonamizga kirib, ketiş vaqti bölganini, vatanga qaytişga tayyorgarlik körişimiz kerakligini yotiği bilan tuşuntirişmoqda. Ular bizdan davlatimiz bilan tezroq boğlanişimizni söraşyapti. Qança erta ketsak, şunça yaxşi. Sababi oroldagi zaxiralar tugab bormoqda.
Biz hatto bu yerda qança payt qolişga imkonimiz bölişini ham bilmaymiz. Balki maksimum 2 haftaga imkonimiz bölar. Keyin ahvol öta oğir bölişi mumkin. Şuning uçun ham yordamga muhtojmiz.
Halima Jabborova:
– Men Maldiv orollariga bir yil oldin mehmonxona yönalişida işlaş uçun kelganman. Salkam 2 oydan beri uyga qaytiş uçun reys taşkil qilinişini kutyapman.
Halima Jabborova
Mehmonxona menejyerlari har kuni bizdan qaçon ketişimizni söramoqda. Çunki orol karantinga butunlay yopilişi lozim. Şuning uçun orolda qolayotgan hamma öz davlatlariga jönatilişi kerak. Şuningdek, oziq-ovqat bilan ham muammolar bölyapti.
Nozimaxon Asrorova:
– Men Maldiv orollaridagi boşqa hamyurtlarimizdan farqli ravişda orol poytaxti – Male şahrida turizm kompaniyasida işlayman. Poytaxtda qolgan hududlarga qaraganda köproq virus aniqlangani uçun bu yerda vaziyat boşqa joylarga soliştirganda oğirroq.
Male şahri hududi 5 kilometr atrofida va bu yerda 200 mingga yaqin odam istiqomat qiladi. Şuning uçun şaharda ijtimoiy masofa saqlaşning özi muammo.
Şaharda karantin e'lon qilinişidan oldin kerakli narsalarni sotib olişga ulgurişimiz kerakligi, keyin taşqariga çiqiş taqiqlanişi haqida ogohlantiriş berildi.
Hozir taşqariga faqat onlayn tarzda ruxsat olib, söng çiqiş imkoniga egamiz. Oziq-ovqatga onlayn tarzda buyurtma beryapmiz. Internet tölovlari esa juda qimmat va bu tölovlar öz böynimizda.
Nozimaxon Asrorova
Hozirga qadar Filippin, Indoneziya, Misr kabi davlatlar öz fuqarolarini olib ketişdi. Biz ham uyga qaytişdan va karantinni uydagilar bilan ötkazişdan umidvormiz.
Hozirgi şaroitda turizm faoliyati bilan şuğullanuvçi taşkilotlar 4-5 oyga yopilgan. Men işlaydigan kompaniya iyul oyidan iş boşlaşni rejalaştirgan. Lekin şunday bölsa-da, uyga qaytiş va yaqinlarim yonida bölişni xohlayman.
Hozir Markaziy Osiyo davlatlaridan Qozoğiston Maldiv orollaridagi fuqarolari uçun charter reys taşkil qilişni rejalaştirmoqda. Biz ham imkon qadar Özbekiston hukumatidan Maldiv orollaridagi özbeklar uçun charter reys taşkil qilişni söraymiz.
Vladimir Gluşakov:
– Bu mening Maldivga ikkinçi marta kelişim. Hozirda oktyabrdan beri orol hududidaman va mehmonxona sohasida işlayman. Men işlaydigan kurort zonasi şahardan gidrosamolyot orqali borilganda taxminan 35 minutlik yöl hisoblanadi.
Bu yerda ham boşqalar qayd etganidek, jiddiy muammolar yuzaga kelmoqda. Şahar bilan barça aloqalar uzilgan.
Kurortga, odatda, kerakli narsalar yuk kemalari orqali keltiriladi. Lekin dizel ham tugab borayotgani tufayli taşkilot tejamkorlik usuliga ötmoqda. Bu tizimda faqatgina orolda hayotni saqlab qoliş uçun muhim bölgan narsalarga ruxsat beradi. Taşkilotçilar hatto elektr tokini ham öçirmoqçi.
Bundan taşqari, ijtimoiy muloqot yöq, men ham yolğiz qolganman: heç kimni körmayman va heç kim bilan gaplaşiş imkonim yöq.
Vladimir Gluşakov
Yana bir muammo bu yerdagi tibbiy xizmat bilan boğliq. Bir yarim oy oldin soğliğimda muammo paydo bölgandi. Hozir ham oğriq sezyapman, lekin menda özim turgan hududdan 50 daqiqa uzoqlikda joylaşgan tibbiyot muassasasiga borişga imkon yöq.
Mart oyidan karantin rejimi örnatilişi tufayli orollarga kiriş va çiqiş taqiqlangan. Karantin tartibi boşida turistlar öz uylariga qaytarildi. Öşa muddatda kim imkonini qila olgan bölsa, oroldan çiqib ketgan. Qolganlar esa turli charter reyslari bilan qaytişmoqda.
Hozir bu yerda özbekistonliklardan boşqa yana ayrim davlat fuqarolari: Qozoğiston, Qirğiziston va adaşmasam Tojikiston fuqarolari qolgan.
Biz Özbekiston Taşqi işlar vazirligi bilan mart oyi oxirlarida boğlanişga harakat qilib kördik. Lekin ulaniş imkoni bölmayapti. Men vazirlikka 3 kun oldin ham taxminan 6 marta telefon qilib kördim. Orollardagi vaqt bilan Toşkent vaqtida farq yöq. Qönğiroq va xabarlarimizga vazirlikdan heç kim javob bermayapti.
Masalan, orollarda bölib turgan taxminan 16 nafar hindistonliklar öz davlatidagi tegişli vazirlikka pasport ma'lumotlari va boşqa tegişli faktlarni yuborişgan. Eşitişimga qaraganda, Hindiston ham Maldivdan olib ketişi lozim bölgan 19 fuqarosining röyxatini şakllantirgan.
Şundan keyin men ham özimizning uy manzilimiz, pasportga tegişli ma'lumotlar va telefon raqamlarini körsatgan holda röyxat şakllantirib, Taşqi işlar vazirligiga yubordim. Biroq yuborganimizdan söng oradan 3 kun ötsa-da, heç qanaqa javob bölmadi. Faqatgina elektron poçta orqali «Qabul qilinganini tasdiqlaş» funksiyasi orqali ma'lumotlarni qayta yuborganimdan söng xabarimiz olingani haqida ma'lum qilişdi.
Biroq bundan boşqa heç narsa bilolmayapmiz. Qönğiroqlarimizga heç kim javob qaytarmayapti.
Maldivda 2013 yildan beri işlaganim tufayli rossiyalik, ukrainalik va qozoğistonliklar bilan tanişman. Ukraina fuqarolarini orollardan olib ketdi. Qozoğiston va Qirğiziston esa, eşitişim böyiça, fuqarolarini kelişgan holda birga olib ketiş va keyin ularni manzillariga tarqatişni reja qilmoqda ekan. Bu yerda taxminan 30 nafar qozoğistonlik bor.
Yana eşitişimiz böyiça, Özbekiston va Tojikiston fuqarolari bu reysda olib ketişi möljallangan. Çunki Maldivda har davlatning unça köp bölmagan fuqarolari bor. Reys sanasini avval 11 may, keyinroq 14 may kuni degan taxminlarni eşitdik.
Aytişlariça, Qozoğiston elçixonasi bu böyiça Özbekiston bilan boğlanmoqçi ekan.
Quvonçbek Usmonov:
– Aytib ötişganidek, qozoğistonlik va qirğizistonlik tanişlarimizning aytişiga qaraganda, davlatlar birlaşgan reys taşkil etişni reja qilgan, lekin odamlar kamligi yoki boşqa muammo tufayli reys amalga oşirilmayapti.
Bu vaziyatda Özbekiston Taşqi işlar vazirligi Qozoğiston yoki Qirğiziston bilan boğlanib, hamkorlik qilişi lozim bölmoqda.
Quvonçbek Usmonov
Jobirxon Inamov:
– Qöşni davlatlik tanişlarimiz öz elçixonalariga öz vaziyatlari haqida murojaat yuborişgan va ularga vaqtida javob berişgan. Ular bizga javob sifatida yuborilgan ma'lumot va audiolarni körsatişdi.
Qozoğiston va Qirğiziston charter reys taşkil qiliş masalasida kelişişgan va bu ikki davlat fuqarolari köp bölmagani uçun Özbekiston fuqarolarini ham olib ketiş fikrini bildirgan. Hatto Qirğiziston elçisining Özbekiston elçixonasi bilan ham bu masalada boğlanişini rejalaştirayotgani haqida aytilgan javoblarni tanişlarimiz körsatişdi.
Jobirxon Inamov
Bizni qiziqtirayotgan tarafi – nega Özbekiston elçixonasi boşqalar bilan hamkorlik qilib, fuqarolarini qaytarişga harakat qilmayapti?
Ayni vaziyatda işlayotgan kompaniyamiz umumiy tarzda taşkil qilinişi ehtimoli bor charter reysga pul tölab berişini aytmoqda. Şuning uçun biz Maldivda bölib turgan 20ga yaqin özbekistonliklar uçun alohida samolyot jönatilişini sörayotganimiz yöq. Bizni umumiy charter reys orqali Qozoğiston yoki Qirğiziston elçixonasi bilan gaplaşib, şu davlatlardan biri orqali reys uyuştirilişini söraymiz. Yetib borganimizdan keyin esa faqatgina biror avtobus orqali davlatga qaytarişsa, juda minnatdor bölardik.
Eng optimal variant biz uçun hozir şu tanlov bölib qolmoqda. Hatto özimiz işlaydigan kompaniyamiz bilet pulini tölab berişni ham zimmasiga olgan.
Agar Özbekistonga qaytib borsak, bizga nisbatan «Öşa orollarda qolaverişi kerak edi» qabilida munosabatda böladigan ham uçraşi mumkin. Lekin biz orolda bir yarim oydan beri karantindamiz: kiriş-çiqiş butunlay töxtagan va hududda kasallik yöq.
Biroq bu yerda bir yarim oydan beri oziq-ovqat tugab bormoqda, tibbiy xizmat yöq hududda qoliş xavfli bölib qolmoqda.
Husniddin Mahmudov:
– Deyarli 2 oydan beri heç qayerga çiqmasdan ötiribmiz. Kompaniyamiz charter reys uçun pul ajratiş niyatida bölib turganda men ham Qozoğiston, Qirğiziston tomonidan taşkil qilinadigan umumiy reysda qaytişni eng yaxşi variant deb bilaman.
Husniddin Mahmudov
Azizbek Umataliyev:
– Men ham boşqalar fikrini ma'qullagan holda umumiy reys davlat tomonidan muhokama qilinişi va qöşni davlatlar bilan qaytiş fikridaman. Faqat qöşni davlatlardan biriga qöngandan söng bizga qaytiş uçun bitta avtobus ajratilsa, şuning özi yetarli.
Azizbek Umataliyev
Özbekistondagi vaziyatdan töliq xabarimiz bor va davlatga moddiy jihatdan yuk bölmoqçi emasmiz.
Faqatgina umumiy reysga rozilik berilsa yoki boşqa variantlar haqida öylab körilsa, yaxşi bölardi. Çunki bizda maksimum 2-3 hafta vaqt qolgan. Orollardagi mavjud zaxira tugasa, keyin nima bölişini tasavvur qila olmaymiz.