“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida oliy ma'lumotga ega bölgan şaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlaş kurslari töğrisida petitsiya joylaştirildi.

Qayd etilişiça, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 14 iyundagi 453-son qaroriga 3-ilova sifatida tasdiqlangan “Oliy ma'lumotga ega bölgan şaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlaş kurslari töğrisida”gi nizom tasdiqlangan. 

Nizomda quyidagi asosiy tuşunçalar qöllaniladi: oliy ma'lumotga ega bölgan şaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlaş kurslari — davlat organlari va boşqa taşkilotlarning yuridik xizmatlarida faoliyat olib boriş uçun yetarli darajadagi bilim olişni va könikma şakllantirişni nazarda tutadigan oliy ta'limdan keyingi öqitiş şakli. 

Qayta tayyorlaş kurslarida öqitişning davomiyligi olti oyni taşkil etadi va asosiy iş joyidan ajralgan holda amalga oşiriladi. Iş beruvçining roziligiga köra, qayta tayyorlaş kurslarida öqiş davomida Markaz tinglovçilarining asosiy iş joyidagi örtaça oylik iş haqi saqlanadi. 

Qayta tayyorlaş kurslarida öqiş ikkinçi oliy ma'lumot oliş hisoblanmaydi. Auditoriya maşğulotlarining maksimal hajmi haftasiga 30 soat miqdorida belgilanadi. Öquv jarayoni davomiyligi 26 haftani taşkil etadi. 38. Umumiy öquv vaqti hajmi quyidagiça taqsimlanadi: nazariy ta'lim – 18 – 24 hafta; attestatsiya – 2 – 4 hafta; bitiruv işi – 1-2 haftani taşkil etadi.

“Nizomda uşbu qayta tayyorlaş kurslarini tamomlagan va maxsus diplomga ega bölgan şaxslarni faqatgina davlat organlari va boşqa taşkilotlarning yuridik xizmatlarida faoliyat olib borişini belgilanganligi öz-özidan uşbu kurslarni tamomlab yuridik xizmatning barça turlari, ya'ni advokat, suriştiruvçi, tergovçi va boşqa yuridik sohalarda işlaşni çeklab qöyilişiga sabab bölgan. 

Mazkur holat bunday kurslarning mavqeini tuşirib va unda öqiş ehtiyojini keskin tuşirişi tabiiy. Şu sababli, mazkur kurslarni ikkinçi oliy ta'lim bilan tenglaştirişni taklif qilaman”, - deb yozadi murojaat muallifi.