Barça şahar va tumanlarda boşlangan uşbu loyiha doirasida “Möynoq kelajagi bunyodkorlari” mas'uliyati çeklangan jamiyati taşkil etildi. Jamiyatga 20 ming gektar yer maydoni ajratilib, işsiz yurgan ming nafarga yaqin yoşlarning bandligi ta'minlandi.

Ayni paytda ular hosildor maydonlarga makkajöxori, beda, poliz ekinlarini ekmoqda. Birgina Beruniy tumanida “Möynoq kelajagi bunyodkorlari” mas'uliyati çeklangan jamiyatiga ajratilgan 500 gektarlik yer maydonida 44 nafar yoş mehnat qilayotir. Bundan taşqari, tumandagi “Sarkop”, “Navoiy”, “Tinçlik”, “Beruniy”, “Biybozor”, “Abay”, “Döstlik”, “Oltinsoy” ovul fuqarolar yiğinida meva-sabzavot, qişloq xöjaligi kooperativini taşkil etiş uçun hokimlikdagi zaxira yerlar hisobidan ham işsiz yoşlarga yer ajratib berilmoqda.

Ular uçun qişloq höjaligi birlaşmalari taşkil etilib, ustav fondiga uluş sifatida kiritiş uçun yanvar oyidan aprel oyigaça 50 nafar yoşga Bandlikka kömaklaşiş markazi tomonidan 2 million 230 ming sömdan subsidiyalar ajratildi. Natijada “Madatboy Nurumbetov şirkati” işlab çiqariş kooperativi iş boşladi. Bu yerda har bir kooperativ a'zosiga 0,20 gektar yer ajratilib, yoşlar bandligi ta'minlandi. Hozir karantin qoidalariga töliq amal qilgan holda dalada agrotexnik tadbirlar öz vaqtida olib borilmoqda.

Yangi yirik loyiha doirasida Beruniy tumanida zardözlik bilan şuğullanuvçi yoşlar uçun ham imkoniyatlar yaratildi. Şu bilan birga, yoş tadbirkor Zoir Qalandarov özining uy issiqxonasida pomidor, bodring, bulğor qalampiri, kökatlar ekib va limonariya taşkil qilib, yetiştirgan mahsulotlarini bozorda arzon narxda sotişni yölga qöygan. Yoş tadbirkorning “Har bir oila tadbirkor” Davlat dasturi asosida olingan kredit mablağlari hisobiga taşkil qilingan issiqxonada 8ta iş örni yaratildi.