Gulnora Karimova nomi köp yillar davomida boylik va haşamat atamalari bilan çambarças boğliq holda tuşunilib keldi. U aralaşmagan biror yirik soha, yönaliş yöq edi. Öşa yillari garçi bu rasman tan olinmagan bölsada, keyinçalik boşlangan tergov, sud jarayonida köp ma'lumotlar oşkor böldi. Tergovda va sudda Gulnora Karimovaning özi köp ayblovlarni rad etgan, tan olmagan. Ammo uning öğli, ayni paytda Londonda istiqomat qiluvçi kiçik Islom Karimovning prezidentga yöllagan maktubi kutilmagan ma'lumotlarni oçib yubordi. VVS saytining özbekça talqinida e'lon qilingan oçiq xatda Islom Karimov onasining Özbekiston hududida juda katta miqdorda boylik, mol-mulkka ega bölganini bildirgan.

Mazkur oçiq xat tufayli olib borilgan suriştiruvning avvalgi qismlarida Gulnora Karimovaning «Koka kola», «Quvasoy sement» kabi yirik korxonalardagi faoliyati, «Korzinka» savdo markazlari tarmoğiga qay darajada aloqadorligiga töxtalingandi.

Uçinçi qismda maktubda tilga olingan, Özbekistonda rasmiy distributsiyaga ega bölgan Levi's, Benetton, Quicksilver, Mango va boşqa brendlar dökonlari tarmoği va soğlomlaştiriş markazlari böyiça savollarga oydinlik kiritiladi.

Jahongir Ahmedov: «Barça savdo tarmoqlarini bu mojarolar boşlangunga qadar rasman sotib olgandim»

Navbatdagi suhbatdoş Levi's, Benetton, Quicksilver, Mango va boşqa brendlar dökonlari tarmoği va soğlomlaştiriş markazi sohibi, tadbirkor Jahongir Ahmedov böldi.

– Jahongir aka, Gulnora Karimova bilan birgalikda biror iş qilganmisiz, şaxsan taniş bölganmisiz?

– Men köp yillardan beri biznes bilan şuğullanaman va köpçilik bilan hamkorlik qilganman. Taxminan 2008 yildan boşlab Gulnora Karimovaga tegişli savdo maydonlarining ijaraçisi bölganman va öşa maydonlarda ham savdo yuritganman. Lekin Gulnora Karimovaning özi bilan şaxsan taniş bölmaganman.