Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtab ma'lumotlariga ko‘ra, so‘nggi kunda qayd etilgan holatlarning 42,4 foizida (4116 kishi) kasallikning klinik belgilari kuzatilmagan. Bir kun oldin Rossiyada 9200 kishida virus aniqlangandi, bu 2 maydan buyon qayd etilgan eng minimal ko‘rsatkich bo‘ldi.
O‘tgan kun davomida 4207 kishi sog‘aygan (jami 67373 kishi). Kasallanish holatlarining qayd etilishi borasida Moskva yetakchilik qilmoqda - bir kunda 3855 holat. Poytaxtda shu vaqtgacha qayd etilgan jami holatlar - 142 824taga yetgan.
Rossiya bo‘ylab shu vaqtgacha qayd etilgan holatlar soni esa 281 752tani tashkil etmoqda. Ushbu ko‘rsatkich bilan Rossiya eng ko‘p kasallar soni bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turibdi - birinchi o‘rindagi AQShda 1,5 milliondan ortiq holat qayd etilgan, 90 mingdan ortiq kishi vafot etgan.
Rossiyada o‘limlar soni 2 631taga yetgan, bu kasallik ko‘p qayd etilgan mamlakatlar o‘nligida o‘limlar soni bo‘yicha eng past ko‘rsatkichdir. So‘nggi bir kunda 94 bemor Covid-19 tufayli vafot etgan, shundan 71 o‘lim Moskvada qayd etilgan.
Rossiya: Koronainqirozning plyus va minuslari
«Biz hammamiz kutgan barqarorlik darajasi kelmoqda. Aytgan bo‘lardimki, biz o‘sishni to‘xtatdik.
Barqarorlashuv butun mamlakat bo‘ylab kuzatilmoqda. Barcha regionlar vaziyat barqarorlashishiga erishdi, bu odamlar o‘z sog‘ligi haqida qayg‘urayotgani natijasidir», dedi Popova yakshanba kuni «Rossii 1» efirida. U kundan kunga pasayish qayd etilayotganini ta'kidlagan.
Rossiyada koronavirusdan o‘lim darajasi juda past. Bunga qanday «erishilmoqda»?
Moskva oblastida ish boshlandi
Moskva oblastida koronavirus tufayli joriy etilgan ayrim cheklovlar 18 may kunidan bekor qilinadi. Hudud rahbari Andrey Vorobev dushanba kuni regionda sanoat korxonalari va qurilish joylarida ish boshlanishini ma'lum qildi.

VYaCheSLAV PROKOFeV/TASS











