AOKAda ötkazilgan onlayn brifingda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boşliği Nurmat Otabekov tomonidan ma'lum qilinişiça, test topşiriş narxi 224 ming söm etib belgilangan.

«Özbekistonda koronavirus uçun test topşiriş bepul amalga oşiriladi. Biroq avia va temiryöllar orqali yölovçilarning harakatlanişi uçun Respublika maxsus komissiyasi tomonidan vaqtinçalik alohida tartib işlab çiqildi.

Unga köra, poyezd yoki samolyot orqali harakatlanişni xohlagan fuqarolarda 120 soatdan, ya'ni 5 kundan köp bölmagan muddat oraliğida koronavirusga test topşirgani va natija manfiyligini – virus yöqligini tasdiqlovçi ma'lumotnoma bölişi kerak», deydi Nurmat Otabekov.

Uning ta'kidlaşiça, yölovçilarning test topşiriş tartibi töğrisida 16 mayda Sanitariya-epidemiologiya osoyiştalik agentligining qarori qabul qilingan.

«Qarorga köra, test topşiriş narxi 224 ming söm etib belgilangan. Testni respublikadagi OITSga qarşi kuraş markazlari va sanitariya-epidimiologiya osoyiştaligi markazlari orqali topşiriş mumkin», dedi u.

Eslatib ötamiz,  avvalroq Özbekistonda hududlararo transport harakatiga 18 may kunidan boşlab ruxsat berilgandi va avia va temiryöl reyslariga çiqiş istagida bölgan fuqarolar koronavirus uçun test topşirişi lozimligi ma'lum qilingan edi.