Joriy yilning 19 may kuni soat 13:30larda, Buxoro viloyati, Qoraköl tumani hududidan ötgan 4R-76 “Qoraköl-Yangibozor-Jiğaçi” avtomobil yölining 7-km.da yöl-transport hodisasi sodir böldi.
Özbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga köra, haydovçi, 1989 y.t. M.J. (erkak) “Neksiya” rusumli transport vositasi tezligini me'yoridan oşirgan holda boşqarayotib, oldinda ketayotgan avtomobilni quvib ötiş maqsadida qarama-qarşi yönalişga çiqib, qarşisidan kelayotgan haydovçi, 1981 y.t. N.T. (erkak) boşqaruvidagi “Lasetti” rusumli transport vositasining old qismiga urilib, YTH sodir etgan.

Natijada, “Neksiya” rusumli transport vositasi oldi örindiğida ötirgan yölovçi, 2001 y.t. Z.N. (qiz bola) oğir tan jarohatlari bilan şifoxonada vafot etgan.
Uşbu avtomobil haydovçisi M.J. va yölovçisi, 1979 y.t. S.A. (ayol) tan jarohati olib şifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Qoraköl tumani IIB TB tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.
“Barça yöl harakati iştirokçilaridan yöllarda harakatlanganda yöl harakati qoidalariga amal qilişlarini sörab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda.

















