2020 yilning 19 may kuni soat 13:30da 31 yoşli M.J., boşqaruvidagi “Nexia” rusumli avtomaşinasida Buxoro viloyati Qoraköl tumani hududidan ötuvçi 4R-76 yölining 8-kilometriga yetganida, amaldagi yöl harakati qoidalarini qöpol ravişda buzgan.
Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga köra, u öziga nisbatan qarama-qarşi yönalişda harakatlanib kelayotgan 39 yoşli N.T.ning boşqaruvida bölgan “Lacetti” rusumli avtomaşina bilan töqnaşib, yöl-transport hodisasini sodir etgan.


Oqibatda, “Nexia” avtomaşinasining yölovçisi, 19 yoşli Z.N. hodisa joyida, haydovçi M.J. esa tibbiyot birlaşmasida vafot etgan. Bundan taşqari, har ikki avtomaşinadagi 6 nafar yölovçidan 5 nafari “oğir” tan jarohati, bir nafari esa “yengil” tan jarohati olgan, ularning barçasiga tibbiy yordam körsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Qoraköl tuman IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar ölimiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

















