Bu haqda AQŞ OAV xabar berdi. Ularning ma'lum qilişiça, Tramp Oq uyda jurnalistlar bilan suhbatda Rossiya bilan yaxşi munosabatda ekanini, biroq Moskva uşbu kelişuv böyiça öz majburiyatlarini bajarmayotganligini aytgan.
Şu mazmunda Tramp yangi kelişuv tuzilişi mumkinligini aytgan. Uning fikriça, Rossiya “özi kelib, bitim tuziş istagini bildiradi”.
AQŞ prezidentining qöşimça qilişiça, Vaşington kelgusida kelişuvga muayyan şartlar bilan qaytişi yoki tubdan yangi kelişuvni tayyorlaş variantini körib çiqişi mumkin.
“Yangi kelişuv tuzişga yoki dastlabki kelişuvga qaytişga imkon beruvçi nimadir qilişga yaxşi imkoniyatlar bor”, deb ta'kidlab ötgan Tramp.
AQŞ prezidenti “Rossiya öz majburiyatlarini bajarmagunça, AQŞ kelişuvdan taşqarida bölişini” aytgan.
Avvalroq The New York Times naşri öz manbalariga tayanib, Vaşington 22 may kuni Moskvani Oçiq osmon haqidagi kelişuvdan çiqişi haqida xabardor qilmoqçi ekanini ma'lum qilgan. Öz navbatida Associated Press axborot agentligining xabar qilişiça, Tramp ma'muriyati bu haqida xorijiy hamkorlarni xabardor qilgan.
Oçiq osmon haqidagi kelişuv 1992 yil 24 mart kuni Xelsinkida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkilotiga a'zo 23 davlat vakillari tomonidan imzolangan. Hozirda 34 ta davlat uning iştirokçilari sanaladi. Bu davlatlar harbiy faoliyatni nazorat qiliş maqsadida bir-birlari hududlari ustidan uça oladi.
Kelişuv muddatsiz hisoblanadi. Unga a'zo istalgan davlat undan çiqiş huquqiga ega, biroq bu haqida 6 oy avval ogohlantirişi kerak. Şundan keyin kelişuv depozitariylari bölgan Kanada va Vengriya qolgan davlatlarni bundan xabardor qiladi. Şuningdek, depozitariylar bu qanday oqibatlarga olib kelişi mumkinligini körib çiqiş maqsadida ogohlantiriş olgandan 30 kun keyin va 60 kundan keç bölmagan muddatda kelişuvga a'zo davlatlar anjumanini çaqirtiradi.

















