Haydovçilik guvohnomasini almaştiriş uçun hujjat topşirgan fuqarolardan suratga tuşiş talab etilmasligi mumkin. Davlat xizmatlari agentligi axborot xizmatining xabar berişiça, suratlar pasport ma'lumotlari bazasidan olinişi kutilmoqda.

Endi Andijon va Xorazmda ham haydovçilik guvohnomalarini davlat xizmatlari markazlarida yangilaş mumkin – DXA

“Tez kunlarda yana bir qulaylik işga tuşirilişi kutilmoqda. Ya'ni, eski haydovçilik guvohnomasini endi markazda faqatgina bitta operator emas, balki elektron planşeti mavjud va maxsus dasturga ulangan istalgan operator almaştirib berişi mumkin böladi. Ya'ni, Markaz xodimi fuqaroni rasmga tuşiriş uçun vaqt sarflamasdan, uni pasportga tuşirilgan suratlar bazasidan olişi mumkin böladi.

Bu esa aynan haydovçilik guvohnomasini almaştiriş xizmati uçun DXMga murojaat qilganlarning navbatini oldini oladi.

Hozirça mazkur qulaylikni haydovçilik guvohnomasini almaştiriş uçun maxsus uskuna mavjud mamlakatimiz böylab 20 ta Davlat xizmatlari markazlarida joriy etiş rejalaştirilmoqda”, deyiladi agentlik saytida e'lon qilingan xabarda.

Eski namunadagi haydovçilik guvohnomasidan qaçongaça foydalaniş mumkin?

DXA axborot xizmatiga köra bu yangilik haydovçilik guvohnomasini qisqa muddatda va ortiqça ovoragarçiliksiz almaştiriş imkonini beradi. Avvalroq Özbekiston böylab 20 ta davlat xizmatlari markazi orqali eski haydovçilik guvohnomasini almaştiriş xizmati joriy qilingani haqida xabar berilgan edi.

Eslatib ötamiz, eski namunadagi haydovçilik guvohnomalari 2021 yil 1 yanvardan boşlab haqiqiy emas deb topiladi. Şu sababli 2020 yil 31 dekabrga qadar eski namunadagi barça milliy haydovçilik guvohnomalari yangi namunadagi milliy haydovçilik guvohnomasiga