Bu haqda Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi axborot xizmati rahbari Saodat Boymirzayeva Kun.uz’ga ma'lum qildi.

«Bu markazlar faoliyati öz vaqtida juda zarur böldi. Endilikda karantin tartiblari ança yumşadi. Şunday şaroitda Homiylik  xayriyalarni muvofiqlaştiriş markazlari va «Saxovat va kömak» umumxalq harakati funksiyalari bir-birini takrorlab qolayotgandi. Şu sababli xayriya faoliyati bir organga yuklandi», – dedi axborot xizmati rahbari.

Boymirzayeva, şuningdek, har qanday faoliyatda öziga xos kamçilik va yutuqlari bölgani kabi, markazlar faoliyatida ham ayrim kamçiliklar kuzatilganini tan oldi.

«Ammo haqli ravişda ayta olamizki – markazlar özini oqlab, uning taşkil etilişi eng töğri qaror bölganini amalda isbotladi», – dedi u.

Homiylik xayriyalarni muvofiqlaştiriş markazlari Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 1 apreldan boşlab homiy taşkilot va fuqarolarning xayriya mahsulotlarini ehtiyojmand oilalarga yetkazişni taşkil etiş maqsadida taşkil etildi va 20 mayga qadar iş olib bordi.

Markazlar ştabida fuqarolar murojaatlarini qabul qiliş uçun koll-markazning 1197 qisqa raqami iş olib bordi.

«2 apreldan 20 maygaça barça markazlarga homiylar tomonidan jami 790 071 kg piyoz, 1 806 902 kg un, 887 429 litr yoğ, 1 351 823 kg kartoşka, 804 909 kg guruç, 765 801 kg makaron, 712 698 kg sabzi, 571 725 kg şakar, 103 772 dona tovuq, 120 750 kg göşt, 442 268 ta reşyotka tuxum, 58 188 kg dukkakli mahsulotlar, 94 448 kg quruq çoy, şuningdek, 550 848 dona tibbiy niqob, 137 950 dona tibbiy qölqop, 98 672 dona antiseptik, 184 000 dona gigiyenik vositalar (sovun, tiş pastasi kabilar) hamda 451 567 ta boşqa mahsulotlar xayriya qilindi.

Faoliyati davomida markazlar tomonidan mahallalarda şakllantirilgan röyxat hamda koll-markazning 1197 qisqa raqami orqali kelib tuşgan murojaatlar asosida 9139ta mahallada istiqomat qiluvçi 413 072 ta ehtiyojmand oilaga 49 mlrd 910 mln sömlik homiylik xayriyalari yetkazib berildi», – deya Kun.uz`ga ma'lum qildi vazirlik matbuot xizmati.