Andijon tajribasi, «Zamonaviy qişloq» va «siti»lar - prezidentning Andijonga taşrifidan asosiy yangiliklar
|07:01 / 23.05.202032 9067 min
Prezident Şavkat Mirziyoyev 21-22 may kunlari Andijon viloyatida bölib, amalga oşirilayotgan loyihalar bilan tanişdi. Kun.uz uşbu taşrifga oid asosiy yangiliklarni sanab ötadi.
Yangi OTM va ğöza qator oralariga soya ekiş böyiça Andijon tajribasi
Davlat rahbari dastlab Oltinköl tumanida bölib, ğalla va ğöza rivojini közdan keçirdi. Şu yerda ğöza qator oralariga soya ekiş böyiça Andijon tajribasini yaratiş böyiça körsatmalar berdi.
«Soya ekilsa, bitta maydondan ikki barobardan ziyod daromad oliş, yana köproq odamlarni iş bilan ta'minlaş mumkin. Undan olinadigan moy ham, omixta yem ham juda sifatli, bozorbop. Töğri, bu qiyin. Lekin qaysi iş oson?», dedi Şavkat Mirziyoyev.
Agrotexnologiyalarni rivojlantiriş maqsadida Toşkent davlat agrar universitetining Andijon viloyati filiali negizida qişloq xöjaligi yönalişida alohida oliy ta'lim muassasasi taşkil etiş muhimligi ta'kidlandi.
Tumanlarda ham köp qavatli uylar quriş böyiça körsatma berildi
Andijon şahrida 20ta 7 qavatli, 2ta 16 qavatli uy qurilib, şu yil mart oyida aholiga topşirilgan. Prezident uşbu mavzega borib, xonadonlardan birida mehmon böldi.
Ma'lum qilinişiça, Andijonda aholi ziç joylaşgani sabab, bu yangi uylarda şunça maydondagi boşqa loyihalarga nisbatan 2 barobar köp xonadonlar joylaşgan.
Tumanlardagi aholi ziç joylarga ham kommunikatsiya olib borib, barça şaroitlarga ega köp qavatli uylar quriş, zamonaviy qişloqlar bunyod etiş böyiça körsatmalar berildi.
Prezident Marhamat tumaniga bordi
Şavkat Mirziyoyev
Mavzuga oid
Marhamat tumani
ga ham borib, 1 maydan işga tuşgan quyonçilik klasterida
Şu yerda çorvaçilik, parrandaçilik, baliqçilik korxonalari salohiyati haqida ma'lumot berildi.
«Andijonda çorva kam, göşt boşqa joylardan olib kelinyapti. Quyon, parranda, baliq köpaytirilib, göşti iste'molga çiqarilsa, viloyatda göşt narxi tuşadi. Kambağal oilalarga tarqatilib, klasterlar tomonidan qayta sotib olinsa, ularga daromad böladi. Iqtisodiy kompleks va sektor rahbarlari şu bilan şuğullanişi kerak», dedi Şavkat Mirziyoyev.
Viloyatda omixta yem işlab çiqarişni köpaytiriş, quyonçilikni 1 million boşga yetkaziş böyiça topşiriqlar berildi.
«Zamonaviy qişloq» loyihasi
Paxtaobod tumani Böstonobod qişloği hamda Qörğontepa tumani «Yangi hayot» mahallasi uçun işlab çiqilgan dastlabki rejaga muvofiq, qişloq hududlarga zarur muhandislik kommunikatsiyalari tortilib, köp qavatli uylar quriladi.
Uylar, avvalo, bir uyda köpçilik bölib yaşayotgan oilalar, şuningdek, aholining muhtoj qatlamiga beriladi. Şavkat Mirziyoyev bu borada Andijon tajribasini yaratiş kerakligini ta'kidladi.
Prezident buning uçun alohida loyiha işlab çiqiş, «Zamonaviy qişloq»dagi uylarni boşqa turar joylarga nisbatan arzon qiliş böyiça körsatmalar berdi.
Digital City va dasturiy mahsulotlar eksporti
Şavkat Mirziyoyev Andijon şahrida Digital City nomli texnopark bilan tanişdi.
5,6 gektarlik texnopark yaqindagina qurib bitkazilgan, majmua faoliyati axborot texnologiyalariga öqitiş, dasturiy mahsulotlar eksportini yölga qöyişga qaratilgan.
«Juda töğri yölni tanlagansizlar. Bu – serqirra va istiqbolli soha. Sizlar boşqalardan 10-15 yil oldin yurişlaringiz kerak. Eng dolzarb yönalişlar böyiça dasturiy mahsulotlar yaratib, xalqimizga va xorijliklarga qulay xizmatlar körsatib, ham oilangizga, ham jamiyatimizga naf keltirişingiz mumkin», dedi prezident.
Vazirlar va boşqa rahbarlarga hududlarga köproq boriş talabi qöyildi
22 may kuni Andijon viloyati va tumanlari hokimlari, iqtisodiyot tarmoqlari rahbarlari iştirokida yiğiliş ötkazildi.
Endi har bir sektorda «Kambağallikni qisqartiriş ştabi» taşkil etiladi. Bu ştablarga iqtisodiyot, moliya, mehnat, investitsiya, soliq idoralari va bank vakillari biriktiriladi. Ularning iş haqi miqdori erişilgan natijalarga boğliq böladi.
«Vazirlar, rahbarlar kabinetda emas, hududlarda, uzoq qişloqlarda işlaşi zarur. Şunday oğir şaroitda fidoyi bölmagan rahbar – xiyonatçi. Şu xalq uçun oylik olib yuribsizlar. Davlat idorasi vakili xalqqa qança yaqin bölsa, joylarda şunça natija böladi, adolat mezoni ta'minlanadi», dedi prezident.
Marhamat tumani hokimi işdan olindi
2017 yil avgustida Marhamat tumani hokimi etib tayinlangan Şuhratbek Qamçiyev bundan oldin 8 yilga yaqin Jalaquduq tumanini boşqargan.
Kun.uz muxbirining xabar berişiça, yiğilişda prezident rahbarlarning tajribasiga qarab emas, yoş bölsa-da işiga qarab baho berilişini ta'kidladi.
«Keça Marhamat tumanining hokimini işdan oldim. Qolgan sektorlar rahbarlari ham işdan ketadi. Menga kun ötsa böldi deb yuradigan hokimlar kerak emas. Menga taklif beradigan hokimlar kerak, izlaniş qiladigan rahbarlar kerak»,dedi Şavkat Mirziyeyov.
Davlat rahbari hokim işdan olinsa, 4ta sektor rahbari ham işdan ketişini, viloyat hokimlari bilan ham şunday bölişini aytdi.
Andijon xalqaro aeroportiga xususiy investorlar jalb etiş böyiça körsatma berildi
2018 yil oktyabrdan beri faoliyat yuritmayotgan Andijon xalqaro aeroporti faoliyati tiklanadigan böldi.
«Mas'ul vazirlik va taşkilot rahbarlari 1 oy muddatda Andijon xalqaro aeroportiga xususiy investorlarni jalb qilgan holda davlat xususiy şerikçiligi asosida uning faoliyatini qayta tiklaş böyiça aniq taklif tayyorlasin», – deya topşiriq berdi Şavkat Mirziyoyev.
«Özavtosanoat» Asakada Asaka Sity quradi
«Özavtosanoat» kompaniyasi 3 yil içida Asaka tumanida uy-joyga muhtoj öz xodimlari va aholi uçun 4631ta kvartiraga ega 71ta köp qavatli uylar quradi.
«Asaka Sity deb nomlangan bu loyihada 320 örinli 2ta boğça, bir yarim ming örinli maktab, 250 örinli şifoxona, istirohat boği 10 ming kvadrat metr maydonda savdo majmuasi quriladi», dedi Mirziyoyev.
Ma'lum bölişiça, bu yil viloyatda ötgan yilgiga nisbatan 2 barobar köp – 6 196ta uy qurilmoqda. Uy-joyga muhtoj oilalarni qöllab-quvvatlaşning yangi tizimi joriy etiladi.
Yangi uylardagi quriliş sifati tanqidga uçradi
Davlat rahbari taşrifi yakunida Xöjaobod tumanidagi köp qavatli uylar qurilişini borib kördi. Tumanning Ittifoq massivida 35ta uy qurilmoqda.
Prezident quriliş işlaridagi kamçiliklarni körsatib ötdi. Bunday joylarda uylar bunyod etiş mamlakatimizda yangi tajriba ekani, ularni xalqaro standartlar asosida pişiq, sifatli quriş zarurligini ta'kidladi.
Şu bilan Şavkat Mirziyoyevning Andijon viloyatiga safari yakuniga yetdi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi