2020 yil 1 yanvardan boşlab notariuslar vakolatlari kengaytirildi. Endi ular:

mediator vazifasini bajaradi;

fuqarolik-huquqiy munosabatlarda sudgaça bölgan jarayonda dalillarni ta'minlaydi;

mualliflik va turdoş huquq obekti taqdim etilgan vaqtni tasdiqlaydi;

elektron hujjatning qoğoz şaklidagi hujjat bilan bir xil yuridik kuçga ega ekanligini tasdiqlaydi.
 
Norma’ning yozişiça, mol-mulkni boşqa şaxsga ötkaziş bilan boğliq bölmagan harakatlarni amalga oşirişda notarial tartibda tasdiqlangan elektron şakldagi arizalar, ijara şartnomalari va işonçnomalarning qoğoz şaklda taqdim etilgan hujjatga muvofiqligini tasdiqlaydi.
 
Bunda tartib-taomil hujjat uning nomidan tasdiqlangan yoki unda taraf sifatida iştirok etgan şaxsning murojaatiga asosan amalga oşiriladi. «Notarius» tizimidagi notarius boşqa notarius tomonidan tasdiqlangan hujjatning fayl körinişini uni noyob raqami (yoki boşqa şu kabi ma'lumotlari) orqali elektron fayl körinişida ötkazib oladi. Notarius tomonidan hujjat qoğozga çiqarib olinganidan keyin uning asl nusxasi bilan bir xil yuridik kuçga ega ekanligi töğrisida tasdiqlovçi yozuv yozib qöyiladi. Hujjatlarning bir nusxasi murojaat qiluvçiga beriladi, ikkinçi nusxasi notarial idorada qoldiriladi.
 
Quyidagilarning bir xildagi yuridik kuçga ega ekanligi tasdiqlanmaydi:

oddiy yozma şaklda amalga oşirilgan bitimning elektron şakllari;

şaxsni tasdiqlovçi hujjatlar qoğoz şakldagi hujjatlar bilan.
 
Hujjat 2.05.2020 yildan kuçga kirdi.