Milliarderning ta'kidlaşiça, AQŞ hukumati qora tanli aholiga qullik davrida yetkazilgan ziyon uçun kompensatsiya sifatida 14 trln dollar tölaşi lozim. Bu haqda CNBC telekanali xabar berdi. 

Milliarder afroamerikalik Jorj Floyd ölimidan keyin AQŞni qamrab olgan noroziliklar ortida şunday talab bilan çiqdi. 

Jonsonning fikriça, kompensatsiya tölanişi Vaşingtonga zarar yetkazmaydi, çunki oq tanli amerikaliklarning qora tanlilarga yetkazilgan zararni tan olişlarini anglatadi. Uning ta'kidlaşiça, tovon puli “qora biznes”ni rivojlantirişga sarflanadi va iqtisodiyot rivojlanişiga turtki beradi. 

“Qullik davridan beri 200 yil ötdi va u uçun heç qanday kompensatsiya tölanmadi”, deb ta'kidlab ötgan Jonson. Uning aytişiça, bugungi kunda afroamerikaliklar mablağlari yöqligi sababli “daromad va boylik töplaşga asosiy turtki beruvçi kuç hisoblanadigan” ta'lim oliş imkoniyatidan mahrumlar.

Bu orada boşqa afroamerikalik tadbirkor, Merck&Co farmatsevtik kompaniyasi boş direktori Kennet Freyzerning ta'kidlaşiça, hukumat Jonsonning talabini bajarişi dargumon. U afroamerikaliklarga biznesmenlarning özlari yordam berişlari mumkinligini aytgan. 

Robert Jonson 2001 yilda Viacom kompaniyasiga Black Entertainment Television’ni sotgandan keyin tarixga AQŞning birinçi qora tanli milliarderi sifatida kirgan. U öz kompaniyasini sotgandan keyin The RLJ Cos investitsiya kompaniyasiga asos solgan. Biroq hozirda Jonson Forbes’ning milliarderlar röyxatiga kirmaydi.