«Iş örinlari taşkil etiş muammosini hal qiliş uçun, mamlakatdagi aholi bandligi böyiça yetakçi tarmoqlardan biriga aylanişda katta istiqbolga ega bölgan töqimaçilik tarmoğini jadal rivojlantiriş mumkin. Ammo bu xalqaro taşkilotlar, töqimaçilik bozori va biznesning kömagisiz bölmaydi. Şu sababli, joriy yilda inspektorlar va ularning yordamçilari, iş beruvçilar, hokimlar, fermerlar, fermer xöjaliklari va paxta-töqimaçilik klasterlari işçilari uçun Xalqaro mehnat taşkilotining milliy va xalqaro ekspertlarini jalb qilgan holda majburiy mehnatga yöl qöymaslik böyiça treninglar ötkaziş orqali joylarda işlarni kuçaytiriş rejalaştirilmoqda», - deya ta'kidlab ötişdi vazirlikdan.

Bundan taşqari, majburiy mehnatga jalb qilganlik uçun javobgarlik kuçaytiriladi, buning uçun sudyalar, prokurorlar va advokatlar uşbu masalalar böyiça öqitiladi. Işga oliş, mehnat şartnomasini töğri rasmiylaştiriş töğrisida tuşuntirişlar beriladi, qişloq xöjaligidagi kompaniyalar tomonidan işçilarni jalb qiliş böyiça bandlikka kömaklaşiş tuman markazlarining imkoniyatlarini kuçaytiriş böyiça işlar olib boriladi.

«Majburiy mehnatning har qanday şakli Özbekistonda paxta va töqimaçilik sanoatining rivojlanişi uçun jiddiy salbiy oqibatlarga olib keladi hamda mamlakatning obrösiga putur yetkazadi. Sönggi 4 yil içida paxta terimi mavsumida majburiy mehnatga jalb qiliş holatlari 4 baravar kamaydi - 2015 yildagi 448 ming kişidan 2019 yildagi 102 ming kişigaça. Özbekiston hukumati mamlakatda munosib mehnat şaroitlarini ta'minlaş böyiça izçil siyosat olib bormoqda», - dedi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinçi örinbosari Erkin Muhiddinov.