Tahririyatimizga murojaat qilgan, onlayn auksionga çiqarilgan Iştixondagi maşina-traktor parkini 1,5 mlrd sömdan ziyodga sotib olib, hanuz unga egalik qilolmay kelayotgan samarqandlik tadbirkorlar haqida hikoya qilgan edik.

 

Uşbu maqola yuzasidan Boş prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi ham tahririyatga munosabat taqdim etgan edi.

Masalaga MIB munosabati

«Samarqand şahar iqtisodiy sudining 29.10.2018 yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor «KEYS-A» MÇJdan undiruvçi «Turonbank» ATB foydasiga jami 3 mlrd. 254 mln. 961 ming söm va oldindan tölangan 20 ming söm poçta xarajati undiriş belgilangan.

Jumladan, sud qaroriga asosan undiruv qarzdorning «KEYS-A» MÇJning pul mablağlari bilan birga:

  • garovga qöyilgan «Iştixon MTP»ning bino inşootlari;
  • garovga qöyilgan «Bulunğur MTP»ning bino inşootlari;
  • kredit mablaği evaziga sotib olingan 6 dona «Dominator-130» rusumli ğalla öriş kombaynlari — «Samarqand viloyat Agroservis MTP» MÇJning 3 mlrd. 745 mln. sömlik kafillik şartnomasi böyiça pul mablağlariga qaratiş körsatib ötilgan.

Keyinçalik, ATB «Turonbank» tomonidan 12.06.2019 yilda qarzdor kredit qarzdorligi tölanmagani sababi, ijro harakatlarini davom ettiriş haqidagi murojaati böyiça ixtiyoriy muddatda tölovlar amalga oşirilmagani sababli, garovga qöyilgan «Samarqand viloyat Agroservis MTP» MÇJga tegişli bölgan «Iştixon MTP»ning bino va inşootlari xatlangan hamda boşlanğiç bahosi 1 mlrd 202 mln. 600 ming söm narxda 16.07.2019 yilda elektron-onlayn savdoga çiqarilgan.

Auksion natijasiga köra bino-inşoot 20.08.2019 yilda ğolib S.Qodirovga jami 1 mlrd. 539 mln. 328 ming sömga sotilgan», deyilgandi MIB munosabatida.