«Pari Sen-Jyermen» sport direktori Leonardo himoyaçi Tiago Silva va hujumçi Edinson Kavani bilan yangi şartnoma imzolanmasligini ma'lum qildi.
«Kavani va Silva mavsum oxirida «PSJ»ni tark etişadi. Ularning ketişi aniq», — deb Leonardo sözlarini keltirmoqda jurnalist Fabritsio Romano.
Bu mavsumda Kavani «PSJ» tarkibida barça musobaqalarda 22ta öyinda maydonga tuşib, 7ta gol urgan va 3ta golga hammualliflik qilgan. Uning xizmatiga «Inter» va «Atletiko» qiziqiş bildirmoqda.
Tiago Silva bu mavsumda 30ta öyinda maydonga tuşib, 1ta gol urgan va şunça golga hammualliflik qilgan. Avvalroq uning «Milan»ga qaytişi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Har ikkala futbolçining şartnomasi muddati 2020 yil 30 iyun kuni yakuniga yetadi.

















