Vazirlik xabariga köra, “Oçiq osmon” rejimi 2020 yilning 1 avgustidan boşlab IATA “Qiş 2022/2023” mavsumi yakunigaça ikki yil muddatga uni uzaytiriş yoki şartlarni özgartiriş imkoniyati bilan Özbekiston Respublikasining Qarşi, Nukus, Termiz, Buxoro, Navoiy, Urganç, Andijon, Farğona, Namangan va Samarqand şahridagi aeroportlarida “beşinçi havo erkinligi” huquqini qöllagan holda joriy etiladi.
Buyruqqa muvofiq “Oçiq osmon” rejimi:
Qarşi, Nukus, Termiz, Buxoro, Navoiy va Urganç şahridagi aeroportlarda heç qanday çeklovlarsiz;
Andijon, Farğona, Namangan va Samarqand şahridagi aeroportlarda Xalqaro fuqaro aviatsiyasi taşkilotiga a'zo davlatlarning aviakompaniyalariga körsatilgan aeroportlarga ularning texnik imkoniyatlarini inobatga olgan holda parvozlar soni çeklovlarisiz Özbekiston Respublikasi tayinlangan taşuvçilari foydalanmagan yönalişlarda “beşinçi havo erkinligi” va yölovçi parvozlarini amalga oşiriş huquqi bilan;
Samarqand şahridagi aeroportda qayta ta'mirlaş işlari yakunlangaç joriy etiladi.
Mazkur rejimga muvofiq, Navoiy va Termiz şahridagi aeroportlarda xorijiy aviakompaniyalarga yuk taşiş parvozlarini amalga oşiriş uçun “yettinçi havo erkinligi”ga qadar bölgan huquqlar beriladi.
Yangi havo yönalişlarini oçişga qiziqiş bildirgan yoki parvozlar sonini oşirişni rejalaştirgan xorijiy aviakompaniyalar kerakli hujjatlarni örnatilgan tartibda Transport vazirligi qoşidagi Aviatsiya agentligiga va Havo transportini rivojlantiriş departamentiga topşirişi lozim.

















