«Ularning faoliyatini baholashda reytinglarda nechanchi o‘rinda turganidan kelib chiqqan holda xulosa beramiz. Quruq so‘z bilan, tadbir va seminarlar o‘tkazdim, degan gaplar bo‘lsa-yu, natija salbiy bo‘lsa, unda hech qanday ish qilmagan hisoblanasizlar», dedi Norboyeva Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasining 17 iyundagi majlisida.

Eslatib o‘tamiz, 2 iyun kuni «O‘zbekiston Respublikasining Xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to‘g‘risida»gi prezident farmoni imzolandi.

Farmon bilan Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashi tashkil etilib, 50ga yaqin a'zoga ega kengashga Tanzila Norboyeva rais etib tasdiqlandi.