Rossiya aloqa, axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiyalar sohasini nazorat qiliş federal xizmati (Roskomnadzor) Telegram messenjerini bloklaşni bekor qildi. Bu haqda taşkilot matbuot xizmati xabar berdi.

"Telegramm asosçisining terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraşişga tayyorligi haqidagi sözlarini ijobiy baholaymiz. Roskomnadzor boş prokuratura bilan kelişgan holda Telegramm messenjerini çeklaş böyiça talablarni olib taşladi", – deyiladi Roskomnadzor xabarida.

Roskomnadzor 2017 yil yozida Telegram messenjerini axborot tarqatiş taşkilotçilari reyestriga kiritgandi. Xizmat 2018 yil aprelda Telegram FXXga xabarlarni şifrdan çiqariş böyiça ma'lumotni taqdim etişni rad etgani uçun messenjerni Rossiya hududida bloklaşga kirişgandi.

Garçi messenjerni bloklaş işlari samarali bölayotganligi aytilsa-da, Telegram şu kungaça qiyinçiliksiz işlab kelayotgandi.