Ma'lum bölişiça, asli Farğona viloyatidan bölgan, koronavirus pandemiyasi tufayli Moskva şahridan qaytib, karantinga olingan 42 yoşli şaxs karantin uçun maxsus moslangan konteyner içida öz joniga qasd qilgan.
Ism-şarif oşkor etilmagan bu fuqaro Özbekistonga yetib kelganidan söng koronavirusni aniqlovçi test topşirgan, lekin bu testning natijalari hali çiqib ulgurmagan bölgan.
Kun.uz karantin markazida sodir bölgan bu voqea böyiça tegişli vazirliklar bilan boğlandi.
Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot kotibi Furqat Sanayev:
– Vazirligimiz karantin hududlaridagi epidemiologik vaziyat, bemorlarning ahvoli, zarur davo vositalari ta'minoti böyiça javobgar. Bu holat sodir bölganini tasdiqlasak-da, hodisa yuzasidan rasmiy ma'lumot beriş suriştiriş işlari olib borayotgan Içki işlar vazirligi vakolatida. Ayni paytda şuni aytişimiz mumkinki, vazirlik tomonidan ötkazilgan dastlabki örganişlarimizga köra bu holat sodir bölişiga tibbiyot xodimlarining aloqasi yöq.
Içki işlar vazirligi matbuot xizmati rahbari Şohrux Ğiyosov:
– Bu holat çindan ham sodir böldi. Hozir maxsus guruh hodisa tafsilotlarini örganmoqda. Bir narsani aytiş mumkinki, marhum va tibbiyot xodimlari yoki şeriklari bilan biror ziddiyatli vaziyat bölmagan. Dastlabki taxminga köra, marhum ruhiy holatiga köra şiftdagi ventilyatorga özini osgan. Ammo aniq xulosa faqat tergov-suriştiruv işlari yakuniga köra berilişi mumkin.
Ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan Yuqori Çirçiq tumani prokuraturasi dastlabki tergov işlarini olib bormoqda.
Ma'lumotlarga köra, 3 nafar farzandning otasi bölgan marhum 15 iyun kuni Özbekistonga yetib kelgan va karantin hududiga joylaştirilgan.

















