Özbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati Buxoroda sodir bölgan yöl-transport hodisasi böyiça tarqalgan videolavha yuzasidan ma'lumot berdi.

Qayd etilişiça, joriy yilning 17 iyun kuni soat 15:45larda, Buxoro viloyati, Qoraköl tumanida joylaşgan Dehqon bozori oldida haydovçi J.R. “Lasetti” rusumli transport vositasini Qoraköl tumani, Uluğbek köçasidan ötgan 4R-75 avtomobil yöli böylab "Regihaydar-Paxtakor" yönalişida boşqarib ketayotgan bölgan.

U şu yölning 80,5-km.ga yetganida ehtiyotsizligi tufayli qarama-qarşi yönalişga çiqib ketib, haydovçi M.N. boşqaruvida bölgan "Damas" rusumli transport vositasi bilan töqnaşgan.

Töqnaşuv natijasida “Damas” rusumli transport vositasi haydovçisi tan jarohati olib şifoxonaga murojaat qilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Qoraköl tumani IIO FMB TB tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.

“Barça haydovçilardan yöllarda harakatlanganda yöl harakati qoidalariga rioya etişlarini, özi va özgalar hayotini xavf ostiga qöymasliklarini sörab qolamiz”, - deyiladi xabarda.