Abituriyentga murojaati asosida apellyatsiya şikoyatini körib çiqiş böyiça xabarnoma beriladi.

Bu haqda 25 iyun kuni AOKAda ötkazilgan brifingda Davlat test markazi mas'ul xodimi Diyorbek Qöçqorov ma'lumot berdi.

DTM vakilining sözlariga köra, abituriyent apellyatsiyaga xabarnomada belgilangan kunda pasporti va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelişi talab etiladi.

Apellyatsiya jarayonida abituriyentga u tomonidan bajarilgan test materiallari taqdim etiladi. Taqdim etilgan materiallar asosida abituriyent özining har bir notöğri deb hisoblangan test topşiriğiga javoblarini yozma ravişda bayon qiladi.

Apellyatsiya şikoyati apellyatsiya komissiyasi tomonidan faqat abituriyent iştirokida uning yozma javoblari asosida körib çiqiladi. Abituriyentning yozma javoblari öz tasdiğini topmagan bölsa, apellyatsiya komissiyasi test sinovlari natijalarini özgarişsiz qoldiriş va apellyatsiya şikoyatini qanoatlantirişni rad etiş töğrisida qaror qabul qiladi.

Qöşimça qilinişiça, har yili abituriyentlardan apellyatsiya şikoyatlarini qabul qiliş 20 avgustdan boşlangan. Joriy yil esa pandemiya şaroiti tufayli kiriş imtihonlari ötkaziliş muddati oldingiga qaraganda çöziladi. Apellyatsiya uçun arizalar joriy yil ham test sinovlari töliq yakunlangandan söng 10 kun muddatda qabul qilinadi.

Qöşimça ma'lumotlar esa DTM tomonidan ma'lum qilib boriladi.