AOKAda ötkazilgan brifingda ma'lum qilinişiça, koronavirus pandemiyasi şaroitida test sinovlari jarayonida abituriyentlarning xavfsizligini ta'minlaş maqsadida hududga kiritişda tana harorati 37 darajadan yuqoriligi aniqlangan abituriyent test sinovlariga kiritilmaydi hamda Sanitariya-epidemiologiya va osoyiştalik agentligi mas'ul xodimlari va Davlat test markazi vakili iştirokida dalolatnoma tuzib, tibbiy tekşiruv ötkaziladi.
Mazkur tartib Davlat komissiyasining 1-sonli bayoni bilan belgilanmoqda.
«Sanitariya-epidemiologiya va osoyiştalik agentligining tibbiy tekşiruvidan ötkazilgan va koronavirus kasalligi aniqlanmagan abituriyentlar uçun respublika böyiça test sinovlari töliq yakunlangandan söng törtinçi kuni test sinovlari ötkaziladi.
SES taqdim etgan xulosa asosida test sinovlariga tana harorati yuqoriligi sababli kiritilmagan abituriyentlar DTM tomonidan test sinovi ötkazilişidan kamida bir kun oldin (şaxsiy kabinetiga hamda telefoniga xabar yuboriş orqali) ogohlantiriladi.
Test sinovlari yakunlangandan 4 kun ötgaç ötkaziladigan imtihonlarda ham abituriyentda tana haroratining yuqoriligi aniqlansa, u imtihonda iştirok eta olmaydi», deyiladi brifing axborotnomasida.


















