2020 yil 16 iyun kuni Samarqand viloyati içki işlar boşqarmasiga 1987 yilda Samarqand tumanida tuğilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilgan, deb xabar bermoqda viloyati IIB axborot xizmati.

U Samarqand davlat arxitektura-quriliş instituti öqituvçisi 5000 AQŞ dollari evaziga oliygohga öqişga kiritişni va'da qilayotgani, oldindan 2000 AQŞ dollari miqdoridagi pullarni berişini sörayotgani, qolganini öqişga kirgandan keyin olişini bildirayotganini ma'lum qilib, unga nisbatan qonuniy çora körişni söragan.

Foto: Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

Mazkur arizaga asosan, 2020 yil 16 iyun kuni Samarqand viloyati Içki işlar boşqarmasi Jinoyat-qidiruv boşqarmasi korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş bölimi hamda DXX viloyat boşqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir ötkazilgan.

Xabarda aytilişiça, tadbir davomida uşbu fuqaro ariza muallifidan 2000 AQŞ dollari miqdoridagi pullarni olayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.