Özbekiston Respublikasi prezidentining 3 iyuldagi tegişli qarorlariga asosan Uluğbek Yusupxonoviç Sobirov va Şohrux Şoturğunoviç Şorahmetov Soğliqni saqlaş vazirining örinbosarlari lavozimlariga tayinlandi.
Uluğbek Sobirov 1974 yilda tuğilgan. 1997 yilda Toşkent davlat ikkinçi tibbiyot instituti (hozirgi Toşkent tibbiyot akademiyasi)ning davolaş işi mutaxassisligi böyiça tamomlagan, tibbiyot fanlari doktori.

Tayinlovga qadar Dermatologiya va venerologiya ilmiy tekşiriş institutida turli lavozimlarda işlagan. 2013 yildan ayni paytga qadar Respublika ixtisoslaştirilgan dermatologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori lavozimida samarali faoliyat yuritib kelayotgandi.
2018 yildan buyon Soğliqni saqlaş vazirining iqtisodiy masalalar böyiça örinbosari lavozimida işlab kelgan Bahodir Nizomov boşqa işga ötgani munosabati bilan öz lavozimidan ozod etilgan. Uning örnini Moliya vaziri örinbosari Şohrux Şarahmetov egallagan.
Şohrux Şarahmetov 1977 yilda tuğilgan. 1998 yilda Toşkent davlat iqtisodiyot universitetini, 1999 yilda esa Buyuk Britaniyaning Ekseter universitetini iqtisodçi, moliya va investitsiyalar mutaxassisligi böyiça tamomlagan.

U muqaddam Özbekiston Respublikasi prezidenti Administratsiyasining Iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantiriş, investitsion va taşqi iqtisodiy siyosatni amalga oşiriş masalalari böyiça bölinmasining boş konsultanti lavozimida işlagan. Turli yillarda Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi örinbosari lavozimida, şuningdek, Moliya vazirligidagi turli lavozimlarda faoliyat körsatgan. Moliya – iqtisod sohasidagi iş staji 18 yil.
U 2019 yil mayida Moliya vaziri örinbosari lavozimiga tayinlangandi.
Bundan oldinroq, Elmira Bositxonova Soğliqni saqlaş vaziri örinbosari lavozimiga tayinlangani
















