Vazir uşbu masalaga 12 iyul kuni AOKAda bölib ötgan brifingda töxtalib ötdi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
«Ijtimoiy tarmoqlarda Homiylik xayriyalarini muvofiqlaştiriş markazlari tomonidan pul mablağlari qabul qilingani va uşbu mablağlarning sarflanişi böyiça ma'lumotlar oçiqlanmagani haqidagi fikrlarga nisbatan aytib ötişim zarurki, Homiylik xayriyalarini muvofiqlaştiriş markazlariga pul mablağlari qabul qilingan emas.
Markazlar tomonidan jismoniy va yuridik şaxslar tomonidan homiylik asosida taqdim etilgan faqat oziq-ovqat, tibbiy buyumlar va boşqa zarur mahsulotlar qabul qilinib, sanitariya va gigiyena qoidalariga rioya qilgan holda muhtoj oilalarga yetkazib berildi.
Respublika maxsus komissiyasining 14-sonli bayoni tegişli bandlariga asosan, homiy taşkilot va şaxslarning pul körinişidagi xayriya mablağlari Soğliqni saqlaş vazirligi huzurida taşkil etilgan «Mehr-şafqat va salomatlik» jamoat fondiga ötkazildi. Uşbu mablağlar Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan zarur jihatlarga tegişli tartibda yönaltirilmoqda.
Homiy taşkilotlar va fuqarolarning xayriya pul mablağlari esa Özbekiston «Mahalla» xayriya jamoat fondining respublika boşqaruvi hamda hududiy bölinmalari huzurida taşkil etilgan «Saxovat va kömak» jamğarmasi orqali qabul qilinişi hamda örnatilgan tartibda sarflanişi belgilandi.
«Mahalla» xayriya jamoat fondi Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi tizimidan alohida faoliyat yurituvçi mustaqil tuzilmadir», – dedi Rahmat Mamatov.
Ma'lumot uçun, «Mahalla» xayriya jamoat fondi ustavida fond taşkiliy-huquqiy şakli jamoat fondi bölgan nodavlat notijorat taşkiloti sifatida belgilangan.
Eslatib ötamiz, Homiylik xayriyalarini muvofiqlaştiriş markazlari 2 apreldan 20 maygaça iş olib bordi.
Vazirning sözlariga köra, bu vaqt oraliğida mahallalarda şakllantirilgan röyxat va koll-markazning 1197 qisqa raqami orqali kelib tuşgan murojaatlar asosida 9145ta mahallalarda istiqomat qiluvçi 413 072ta ehtiyojmand oilaga 49 mlrd 910 mln söm miqdorida homiylik xayriyalari yetkazib berilgan.


















