«Sulton Tex Group» xususiy korxonasi Boş vazir örinbosari Öktam Barnoyev, Qişloq xöjaligi vaziri Jamşid Xöjayev va uning birinçi örinbosari Şuhrat Teşayev ustidan Qibray tuman ma'muriy sudiga şikoyat arizasi kiritgani xabar qilingan edi.

Bugun, 16 iyul kuni Qibray tuman ma'muriy sudida sudya Ahrorbek Eraliyev raisligida mazkur iş böyiça navbatdagi sud majlisi bölib ötdi, deb xabar bermoqda sud jarayonini kuzatgan Kun.uz muxbiri.

Sudda da'vogar «Sulton Tex Group» xususiy korxonasi vakillari va javobgar tomondan Qişloq xöjaligi vaziri J.Xöjayev va uning örinbosari Ş.Teşayevlar nomidan vazirlik mas'ul xodimlari iştirok etdi.

Da'vogar tomon vakillarining iştiroki Qarşi tumanidan turib, videokonferensaloqa rejimida taşkil etildi.

Sudda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Paxta-töqimaçilik klasterlari faoliyati va salohiyatini baholaş böyiça Respublika Işçi guruhi vakillarining iştiroki ta'minlanmagani bois sud majlisi boşqa kunga qoldirildi (javobgarlardan biri – Öktam Barnoyev uşbu işçi guruhi rahbari sanaladi).

Navbatdagi sud majlisi şu yilning 23 iyuliga belgilandi.

Eslatib ötamiz, «Sulton Tex Group» xususiy korxonasining Qarşi tumanidagi paxta töqimaçilik işlab çiqariş klasteri faoliyati Boş vazir örinbosari Öktam Barnoyev tomonidan 2020 yil 8 aprel kuni imzolangan yiğiliş bayoniga asosan tugatilgandi.

Keyinçalik, Qarşi tuman ma'muriy sudi Qarşi tuman hokimi va hokimlik mansabdor şaxslariga «Sulton Tex Group» xususiy korxonasi klaster faoliyatiga aralaşiş, uning 2020 yil uçun fermerlar bilan tuzgan şartnomasini bekor qiliş yoki özgartirişga urinişi taqiqlab qöyilgandi.

Hozirda sudning mazkur hal qiluv qaroriga nisbatan Qarşi tuman prokurori tomonidan kiritilgan protest Qaşqadaryo viloyat ma'muriy sudi apellyatsiya instansiyasida körib çiqilmoqda