Toşkent şahri Yunusobod tumanidagi «Özekspomarkaz» pavilonlarida koronavirus infeksiyasini yuqtirib olib, kasallikka çalingan bemorlarni joylaştiriş uçun koyka-örinlar tayyorlanmoqda.

Toşkent şahri hokimligi matbuot xizmati Kun.uz’ga izoh berişiça, bu yerda bemorlar kasallikdan davolanmaydi, balki kasallik gumonlangan şaxslar vaqtinça saqlanib, ularga birinçi tez yordam körsatiladi va taşxis qöyilganidan keyin kerakli tibbiyot muassasasiga taqsimlanadi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan fotosuratlarda pavilonlarga bir-biridan pardevorlar bilan ajratilgan yotoqlar joylaştirib çiqilayotgani aks etgan.

Bundan taşqari, Jahon tillari universiteti yotoqxonalari ham koronavirus bemorlari uçun qayta jihozlanmoqda. Bu binolarda jami 1500 örin tayyorlanişi möljallangan.

  • Soğliqni saqlaş vazirligining rasmiy statistikasiga köra, ayni vaqtda Özbekistonda kasallik tasdiqlangan va davolanişni davom ettirayotgan bemorlar soni Toşkent şahrida 5051 nafarni, Toşkent viloyatida esa 851 nafarni taşkil etmoqda. Şu bilan birgalikda, ijtimoiy tarmoqlarda haqiqiy raqamlar bundan bir neça barobar yuqoriligi, şifoxonalarda yangi bemorlarni yotqiziş uçun joy qolmagani haqida xabarlar tarqalmoqda.