Xabarovskdagi mitingga ön minglab kişilar yiğildi. Xabarovsk ölkasining hibsga olingan gubernatori Sergey Furgalni qöllab-quvvatlovçi aksiyalar ikki haftadan beri davom etmoqda.

25 iyul kuni Xabarovsk şahrida hibsga olingan gubernator Sergey Furgalni qöllab-quvvatlaş uçun navbatdagi aksiya bölib ötdi. Unda bir neça ön ming kişi qatnaşdi, deb yozadi Meduza portali. Töplanganlar "Ozodlik", "Bu bizning ölka", "Yöqolsin şoh", "Putin iste'foga" deb qiçqirişgan.

Xabarovsk şahri ma'muriyatining bildirişiça esa, ruxsat berilmagan aksiyada olti yarim mingga yaqin kişi qatnaşgan.

Xabarovskdan taşqari, Vladivostok, Janubiy Saxalin, Komsomolsk-Amur, Moskva, Krasnodar, Yakutsk, Novosibirsk, Krasnoyarsk, Irkutskda ham mitingla bölib ötgan. 

Krasnodardagi aksiyada yetti kişi qölga olingan.

Moskvadagi Puşkin maydonida esa kelişilmagan aksiyada qatnaşgani uçun 14 kişi uşlangan.

Xabarovskning endilikda sobiq gubernatori Sergey Furgal 9 iyulda qölga olingan va Moskvaga olib kelingandi. U ikki biznesmenning ölimini taşkillaştirişda va yana bir biznesmenni öldirişga urinişda ayblanmoqda.  

Xabarovskda Furgalni qöllab-quvvatlaş uçun namoyişlar 11 iyulda boşlangan.

Prezident Vladimir Putin LDPR deputati Mixail Degtyaryovni 20 iyul kuni Xabarovsk ölkasi gubernatori vazifasini vaqtinçalik bajaruvçi etib tayinlagandi.