Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi boşqarma boşliği Ahror Ğulomov AOKAda ötkazilgan brifingda Homiylik xayriyalarini muvofiqlaştiriş va volontyorlik markazlariga homiylar tomonidan taqdim etilgan mahsulotlar hajmi haqida ma'lumot berdi.
Unga köra, joriy yilning 14 iyulidan 27 iyuliga qadar markazlarga homiylar tomonidan 334 448 litr ösimlik yoği, 1 136 906 kg un, 259 062 kg şakar, 297 414 kg makaron, 37 831 kg mol va qöy göşti, 57 742 dona tovuq göşti, 517 227 kg kartoşka, 314 350 kg piyoz, 165 143 kg sabzi, 390 552 kg guruç, 42 461 kg quruq çoy, 16 529 kg dukkakli mahsulotlar, 146 449 qadoq tuxum, 220 736 dona tibbiy niqob, 90 869 juft tibbiy qölqop, 21 882 dona antiseptik, 62 006 dona gigiyenik hamda 90 327ta boşqa turdagi vositalar taqdim etilgan.
«14 iyuldan 27 iyulga qadar bölgan muddatda markazlarga kelib tuşgan murojaatlar va mahalla fuqarolar yiğinlarida şakllantirilgan röyxat asosida 194 542 nafar ehtiyojmand oilaga 20 mlrd 684 mln 409 ming söm miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlari, şuningdek, 267 mln 544 ming söm miqdordagi dori-darmonlar tarqatildi», degan boşqarma boşliği.
Ahror Ğulomovning qayd etişiça, bir oilaga zarur bölgan oziq-ovqat jamlanmasi 3 kg un, 3 kg guruç, 2 kg makaron, 2 litr ösimlik yoği, 4 kg kartoşka, 2 kg piyoz, 2 kg şakar, 1 dona tovuq, 30 dona tuxum, yarim kg quruq çoy, 1 dona kir sovundan iborat bölişi belgilangan. Jamlanmaning umumiy qiymati 165 ming sömni taşkil etadi.
















