2020 yilning 28 iyul kuni Özbekiston taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatdagi missiyasini yakunlayotgan Yevropa ittifoqining Özbekistondagi delegatsiyasi rahbari, elçi Eduards Stipraysni qabul qildi.

Taşqi işlar vazirligi xabariga köra, Özbekiston va YeI örtasidagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boşqa sohalardagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari töğrisida fikr almaşildi.

Bölajak qöşma tadbirlar jadvali, jumladan Toşkent şahrida Markaziy Osiyo mintaqasida muştaraklikni va barqaror rivojlanişni mustahkamlaş böyiça «Yevropa ittifoqi – Markaziy Osiyo» vazirlar konferensiyasini ötkaziş masalasi körib çiqildi.

Savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlikning, iqtisodiyot tarmoqlarini raqamlaştiriş, ilm-fan va madaniyat jabhalaridagi hamda ta'lim sohasidagi munosabatlarni mustahkamlaşga oid amaliy masalalar yeçimiga qaratilgan investitsion loyihalar va dasturlarni amalga oşirişda YI iştirokining muhim ahamiyati ta'kidlandi.

2019 yil yakunlariga köra 4 milliard AQŞ dollarini taşkil etgan özaro savdo aylanmasi hajmlarini yanada oşirişning zarurligi qayd etildi.

Suhbat oxirida vazir YeI delegatsiyasi rahbariga samarali faoliyati hamda Özbekiston va Yevroittifoq örtasidagi döstona aloqalarni mustahkamlaşga qöşgan salmoqli hissasi uçun minnatdorçilik izhor etdi.

Eduards Stiprays YeIning Özbekistondagi delegatsiyasi rahbari sifatidagi faoliyati davomida körsatilgan har tomonlama kömak uçun taşakkur bildirdi, deyiladi ma'lumotda.