Hindistonning Mumbay şahridagi eng qaşşoq uçta tumanda yaşovçilarning 57 foizida koronavirusga qarşi antitanaçalar aniqlandi, deb yozadi Bloomberg. Tadqiqot iyul oyida ötkazilgan va taxminan 7000 kişi testdan ötgan.

Bu dunyoda koronavirusga qarşi jamoaviy immunitetning ma'lum bölgan eng yuqori körsatkiçlaridan biri, deya ta'kidlaydi agentlik. Aprel oyida Nyu-Yorkda testdan ötganlarning 21,2 foizi koronavirusga qarşi immunitet bölgan, may oyida esa Stokholmda testdan ötganlarning 14 foizida antitanaçalar aniqlandi.

«Mumbaydagi xarobalarda jamoaviy immunitet şakllanganga öxşaydi, - deya ma'lum qildi epidemiolog Jayaprakaş Muliil. - Agar siz Mumbayda xavfsiz joy topmoqçi bölsangiz va infeksiya yuqtirişdan çöçisangiz, unda siz aynan şu yerga borişingiz kerak».

Şvetsiya qattiq karantin çoralaridan voz keçiş va virus bilan kuraşiş uçun ommaviy immunitetni şakllantiriş strategiyasi tufayli tanqid ostiga olindi. Yoz fasli boşida uşbu mamlakatning boş epidemiologi Anders Tegnell ilk bor bunday yondaşuv juda köp odamlarning ölimiga olib kelganini tan oldi. Biroq, aholisi yoşroq va koronavirusning oğir şakllariga kamroq moyil bölgan Mumbaydagi tadqiqot strategiya iş berişi mumkinligini körsatdi, deya ta'kidlaydi agentlik.

Qaşşoq tumanlarda ijtimoiy masofani saqlaş deyarli imkonsiz bölib, bu yerda infeksiyaning tarqalişi uçun yaxşi şaroitlar yaratilgan. Masalan, San-Fransiskodagi kabi miqdorda odamlar yaşaydigan eng katta qaşşoq tumanlardan biri Dxaravida 80 kişi bitta hojatxonadan foydalanadi, sakkiz kişilik oila esa 10 kvadrat metrdan kiçikroq bölgan xonada muntazam yiğiladi, deb yozadi Bloomberg.

Şunga qaramay, xarobalarda koronavirusning ilk tarqalişidan bir neça hafta ötgaç, butun Hindistonda yuqumli kasalliklar köpaygan bölsa-da, bu yerda infeksiyasining tarqalişi keskin pasaygan. Mumbayda yangi kasallaniş holatlari soni şu hafta deyarli uç oy içidagi eng past darajaga tuşdi. Qaşşoq tumanlardagi vaziyat mahalliy hokimiyat tomonidan koronavirusni çeklaş böyiça körilgan çoralar bilan izohlandi, deb yozadi Bloomberg. Test natijalarining paydo bölişi bilan gap boşqa narsada ekani ayon bölgan: inqiroz virus töxtatilgani uçun emas, balki u tarqalgani sababli yakunlandi, deya qayd etadi Bloomberg. «Virus öz vazifasini bajarmoqda. Virusni sizning karantiningiz taşvişga solmaydi va u sizning çeklov böyiça urinişlaringizdan köra samaraliroq», - dedi Muliil.

Epidemiologning fikriga köra, hukumatning çoralari baribir işlamoqda va xarobalarda ölim darajasi past bölib qolmoqda. Xususan, Dxaravida atigi 253ta ölim qayd etilgan. Epidemiologlar odatda jamoaviy immunitetga erişiş uçun aholining 60 foizida antitanaçalar bölişi kerak, deb hisoblaydi. Şu bilan birga, ijtimoiy masofani qöllaş imkonsiz bölgan holatlar haqida gap ketganda ham infeksiya tarqalişini sekinlaştiriş mumkin, deya ta'kidlaydi agentlik.