«Koronavirusga çalinganlar orasida homilador ayollar ham uçrab turibdi. Hozirgi kunga qadar 2,5 mingdan ortiq homilador ayol karantin nazoratiga olingan bölsa, ularning 234 nafarida koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan.

COVID-19 infeksiyasini yuqtirgan homilador ayollarning 120 nafari soğayib, uyiga ruxsat berilgan. Ming afsuslar bölsinki, kasallikka çalinganlarning 2,9 foizi ölim bilan tugagan. Bu biz uçun juda mudhiş holat.

Homilador ayollarning qaysi kontingentida ölim holati köproq yuz berganiga töxtaladigan bölsak, 2,9 foizning içida oddiy homiladorlikda koronavirus yuqtirilganda kasallik oğir keçmaydi. Homilador ayol homilasini lozim darajada parvarişlaşni davom ettirsa, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilsa, jarayon yengil ötadi», deya Barno Abdusamadovaning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Uning qöşimça qilişiça, homiladorlar örtasida ölim holatlari köproq hamroh kasalliklari bor bemorlarda kuzatilmoqda.

«Semizlikning ikkinçi, uçinçi darajasi, yurak-qon tomir yetişmovçiligi, nafas tizimi kasalliklari, buyrak kasalliklari ölimga sabab bölişi mumkin. Lekin tajribada hamda JSST izlanişlarida faqat koronavirusga çalingan, yondoş kasalliklari bölmagan ayollarda umuman ölim holatlari kuzatilmagan.

Hozirgi vaqtda, ya'ni karantin davrida homilador ayollarning uylaridan imkon qadar taşqariga çiqişlari man etiladi. Çunki agar homiladorda fiziologik jarayon keçayotgan bölsa, mutaxassislar ularga köçaga çiqib, odamlar köp töplanadigan joylarga borişlari taqiqlanadi», deydi Barno Abdusamadova.

SSV 29 iyul kuni Toşkentda ikkinçi farzandiga homilador bölgan 22 yoşli ayol koronavirusdan vafot etganini ma'lum qilgan, biroq ölim aynan qaysi sanada röy berganini oçiqlanmagan.

Bunga qadar ham koronavirusga çalingan bir qança homilador ayollarning vafot etgani haqida xabar berilgan