«Butun dunyoda bölgani kabi Özbekistonda ham pandemiya davrida faoliyat yuritayotgan sohalar mavjud. Bu sohalarda mehnat qilayotgan yurtdoşlarimizning koronavirus infeksiyasini yuqtirib olişdan saqlaş maqsadida bajarilişi şart bölgan vaqtinçalik sanitariya qoidalari va me'yorlari işlab çiqilgan va ular Boş davlat sanitariya vraçi tomonidan tasdiqlangan. Ularda taşkilotlar tomonidan pandemiya davrida işni taşkil etiş uçun nimalarga e'tibor beriş kerakligi körsatib ötilgan.

Vaqtinçalik sanitariya qoidalari va me'yorlarida bir neça tadbirlar majmuasi körsatib ötilgan. Ulardan biri taşkiliy tadbirlar hisoblanib, unga köra pandemiya davrida faoliyat körsatayotgan taşkilotlarga taşqaridan infeksiyani olib kirmaslikka qaratilgan talablar belgilangan. Jumladan, korxonaga kirib keliş joyida öziga xos epid-barerni hosil qiliş kerak böladi.

Taşqaridan kirib kelayotgan fuqaro taşkilot xodimi yoki begona şaxs böladimi, kim bölişidan qat'i nazar, kontaksiz işlaydigan termometrlar orqali ularning isitmasi bor-yöqligi tekşirilişi, qöllariga gigiyenik işlov berilişi, korxona hududiga kirayotgan barça odamlarda tibbiy niqob bölişi majburiy etib belgilangan. Taşkiliy tadbirlardan yana biri şundan iboratki, korxona hududiga işçilar kirayotganda ularning orasidagi ijtimoiy masofa 2 metrdan kam bölmasligi şart.

Şu bilan birga, işlab faoliyati tiklangan yoki pandemiya davrida işlaşiga ruxsat berilgan korxona va taşkilotlarning har biriga çiqariş xususiyatidan kelib çiqqan holda alohida talablar ham belgilangan. Bu talablar JSST tavsiyalari hamda rivojlangan davlatlarda qöllanilayotgan tartiblar asosida joriy etilmoqda.

Vaqtinçalik sanitariya qoidalari va me'yorlari karantin çeklovlari örnatilgan davrga möljallangan. Uşbu qoidalar çeklovlar bekor qilingan oyning oxirigaça amal qilişi körsatib ötilgan. Uşbu qoida va me'yorlarga böysuniş fuqarolardan ortiqça mablağni talab qilmaydi. Ularga amal qiliş iş beruvçining majburiyati hisoblanadi», deya Rustam Ikromovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Mutaxassisning qöşimça qilişiça, korxona yoki muassasada koronavirus infeksiyasi aniqlangan taqdirda iş beruvçi tomonidan koronavirusga çalingan xodimlarni davolaşga sarflanadigan barça xarajatlarni qoplab berilişi közda tutilgan. Bu norma vaqtinçalik sanitariya qoidalari va me'yorlari buzilgani yoki lozim darajada amal qilinmagani tasdiğini topgandagina qöllaniladi.