Vazirlar Mahkamasining “Xalqlar döstligi” kökrak nişonini ta'sis etiş töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

“Xalqlar döstligi” kökrak nişoni ta'sis etiladi.

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan döstlik aloqalari qömitasining “Xalqlar döstligi” kökrak nişonini qoida tariqasida har yili “Xalqaro döstlik kuni” – 30 iyul hamda “16 noyabr – Xalqaro bağrikenglik kuni” arafasida topşiriş töğrisidagi taklifi ma'qullanadi.

Belgilab qöyilişiça, “Xalqlar döstligi” kökrak nişoni bilan mukofotlaş Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan döstlik aloqalari qömitasi komissiyasining xulosasi asosida amalga oşiriladi.

Quyidagilar:

“Xalqlar döstligi” kökrak nişoni töğrisidagi Nizom;

“Xalqlar döstligi” kökrak nişoni tavsifi;

“Xalqlar döstligi” kökrak nişonining guvohnomasi tavsifi tasdiqlanadi.

“Davlat belgisi” davlat unitar korxonasi Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan döstlik aloqalari qömitasining buyurtmasiga muvofiq “Xalqlar döstligi” kökrak nişonlari va ularning guvohnomalari tayyorlanişini ta'minlaydi.

Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Xalqlar döstligi” kökrak nişonlari va ularning guvohnomalarini tayyorlaş hamda mukofotlanganlarni taqdirlaş bilan boğliq xarajatlar Özbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablağlari hisobidan amalga oşirilişini nazarda tutadi.

“Xalqlar döstligi” kökrak nişoni töğrisidagi nizomga köra, kökrak nişoni bilan özining jonkuyarligi bilan yurtimizda yaşayotgan barça millat va elatlarning vakillari örtasida millatlararo döstlik va totuvlik muhitini mustahkamlanişiga munosib hissa qöşgan, milliy madaniy markazlar va döstlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini oşiriş borasida fidokorona mehnat qilgan, şuningdek xorijiy mamlakatlar xalqlari bilan döstlik va har taraflama hamkorlikni rivojlantirişda samarali natijalarga erişgan fuqarolar taqdirlanadi.

Kökrak nişoni bilan Özbekiston Respublikasi fuqarolari, çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslar taqdirlanişi mumkin.