«Jinoyatlarni foş etişda qiynoq usulini qöllovçi, eskiça usulda iş olib boruvçi ayrim nopok xodimlar tizimda uçrab turibdi. Çiroqçi tumani va Andijon şahrida içki işlar organlari xodimlari tomonidan qiynoq usulini qöllaş va ölim holatlariga sababçi böliş kuzatildi. Bu xalqning keng muhokamasiga, tizimga nisbatan salbiy fikr şakllanişiga sabab böldi. Ilgari bunday holatlar ommaviy axborot vositalarida yoritilmasdi, aholiga aytilmasdi. Hozirgi oçiqlik siyosati natijasida tizimdagi bu kamçiliklar oşkor bölmoqda. 

Bunday usulda iş olib boruvçi xodimlarni aniqlab, tizimdan böşatyapmiz. Xususan, joriy yilning dastlabki 6 oyida vazirlikning xavfsizlik inspeksiyasi xodimlari taşabbusi bilan fuqarolarni noqonuniy tarzda uşlab, zöravonlik qiliş bilan boğliq 5ta holat aniqlanib, qonuniy çora köriş uçun prokuraturaga kerakli materiallar yuborildi. 822 nafar xodimning xatti-harakatlari körib çiqilib, ulardan 173 nafari tizimdan böşatildi, 114 nafari egallab turgan lavozimidan ozod qilindi, 65 nafar rahbar rotatsiya qilinib, boşqa lavozimga ötkazildi», dedi u.

Pölat Bobojonov içki işlar tizimini huquqbuzar xodimlardan tozalaş böyiça olib borilayotgan işlar xususida ma'lumot berdi.

«Tizimda xizmat qilayotgan içki işlar bölim boşliqlarining tarbiyaviy işlar böyiça örinbosarlari – 3500 nafar xodim attestatsiyadan ötkazilişi natijasida ulardan 35 nafari vazifasidan ozod etildi, 104 nafariga sinov muddati berildi. Xalq bilan bevosita işlovçi xodimlar – yöl patrul xizmati, patrul-post xizmati, «pasport stol» tizimlarida işlayotgan xodimlar ham attestatsiyadan ötkazildi. Ulardan 178 nafari lavozimidan böşatildi, 1074 nafariga sinov muddati berildi.

Andijon voqeasidan töğri xulosa qilgan holda, içki işlar organlariga olib kelinganlar bilan suhbat faqatgina bitta belgilangan xonada ötkazilişi, videotasvirga yozib olinişi belgilandi. Tergov bölimlarida ham tergov jarayoni faqatgina belgilangan xonada bölişi şartligi mustahkamlab qöyildi. Bu böyiça joylardagi birinçi rahbar va tergov bölimi boşliği mas'ul etib qöyildi», deya vazirning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.