2020 yilning 3 avgust kunidan 4 avgust kuniga ötar keçasi 23 yoşli A.O. voyaga yetmagan tanişlari 17 yoşli A.T., 17 yoşli D.X. va 15 yoşli B.S. bilan birgalikda Farğona viloyati Beşariq tumanida joylaşgan yaşaş xonadonida spirtli içimlik iste'mol qilişgan.

Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga köra, D.X. va B.S. köçaga çiqib ketişgan, A.T. esa xonadon egasi A.O.ning uxlab qolganligidan foydalanib, Lacetti rusumli avtomaşinasini qöriqlov pulti orqali oçib, avtomaşinani boşqarib, yaqin atrofda bölgan B.S. va D.X.ni avtomaşinaga çiqarib, qonunga xilof ravişda olib qoçib ketgan.

Söng, A.T. spirtli içimlik ta'sirida uşbu avtomaşinada Beşariq tumani, Yakkatut qişloği hududida harakatlanib ketayotgan vaqtida boşqaruvni yöqotib, yölning çap tomonida bölgan daraxtga urilib töxtagan.

Natijada A.T., B.S. va D.X. hodisa joyida yengil tan jarohatlari olib, hodisa joyidan qoçib ketişgan.

Hodisa joyini közdan keçiriş davomida Lacetti rusumli avtotransport vositasi aşyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Beşariq tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qoçiş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. A.T. gumon qilinuvçi tariqasida jalb qilingan.