«Ötgan safar karantinni yumşatiş bosqiçma-bosqiç amalga oşirilganda köplab fuqarolar va sohasiga ruxsat berilgan tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan çeklovlarning qöpol ravişda buzilişi qat'iy karantinni qayta joriy etişga olib kelgani heç kimga sir emas. Bu aholi orasida yetarliça taşviş uyğotdi.

Ayni kunlarda 15 avgustdan boşlab karantinni bosqiçma-bosqiç yumşatişga kirişilmoqda. Bunda turli sohalarning öziga xos xususiyatlariga köra, ya'ni koronavirus tarqalişiga qançalik ta'sir körsatişidan kelib çiqib iş tutiladi», dedi Rustam Ikromov AOKAdagi brifingda.

Ştab a'zosi koronavirus tarqalişini töxtatiş doimiy çeklovlar bilan erişib bölmaydigan jarayon hisoblanişini qayd etib ötgan.

«Bu orqaga qaytarilmaydigan öziga xos jarayon. Çunki koronavirus bilan kuraşni faqatgina karantin va çeklovlar bilan amalga oşiriş mumkin bölganida, hozirgaça butun dunyodagi qat'iy çeklovlardan keyin infeksiyaning ma'lum darajada pasayişga yoki tarqalişining töxtaşiga olib kelişi kerak edi.

Körib turibmizki, koronavirus havo-tomçi infeksiyasi bölgani uçun ma'lum tartiblarga rioya qilgan holda, ammo doimiy çeklovlar bilan erişib bölmaydigan jarayon hisoblanadi. Şu bois hozirda ştab tomonidan karantinni yumşatişga oid takliflar işlab çiqilyapti», deya Ikromovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

  • Eslatib ötamiz, Özbekistonda iyul oyi boşida avvaliga 1 avgustgaça qat'iy karantin joriy etilgandi. Keyinroq, iyul oyi oxirida karantin muddati 15 avgustgaça uzaytirildi.
  • Avgust oyi boşida respublikaning ayrim hududlarida karantin yumşatila boşlandi.
  • Senat raisi Tanzila Norboyeva 7 avgust kuni Senat yalpi majlisida Özbekistonda karantin çoralari bosqiçma-bosqiç bekor qilinişi haqida gapirdi. 10 avgust kuni esa prezident Şavkat Mirziyoyev karantin çeklovlari bosqiçma-bosqiç yumşatilişini ma'lum qildi.