«Ayni kunlarda Rossiya va Xitoy davlatida işlab çiqarilgan vaksinalar yuzasidan örganiş işlari olib borilyapti. Bugun ham Xitoy davlatida işlab çiqarilgan vaksinaning qöllaniş jarayoni va samarasi xususida xitoylik va özbek mutaxassislari videokonferensiya orqali fikr almaşişdi. Bu muzokaralar natijasidan kelib çiqqan holda mamlakatda vaksinani qöllaş darajasini hukumatga ma'lum qilamiz», dedi Koronavirusga qarşi kuraş ştabi a'zosi Rustam Ikromov.
Şuningdek, u Xitoyda koronavirusga qarşi işlab çiqarilgan «Lyanxua Tsinven» dorisi qay darajada samaradorligi böyiça izoh berdi.
«Bu dori vositasi Özbekistonga xayriya sifatida Xitoydan yuborilgan. U bizda tegişli me'yorlar asosida örganib çiqilgan va tarkibidagi ta'sir körsatuvçi faol moddalar yuzasidan kerakli xulosa olingan. Hozirda mazkur dori vositasidan Zangiotadagi şifoxonada koronavirus bemorlarini davolaşda foydalanilmoqda», deya Ikromovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Eslatib ötamiz, 4 avgust kuni Şavkat Mirziyoyev iştirokida ötkazilgan videoselektorda vaksina xarid qiliş va aholi vaksinatsiyasini amalga oşiriş yöllarini puxta örganib çiqiş topşiriği berilgan edi.
Bugun, 11 avgust kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin dunyoda koronavirusga qarşi birinçi vaksina Rossiyada röyxatga olingani haqida xabar berdi.


















