2020 yilning 3 avgust kuni soat 22:00da 34 yoşli M.P. Qoraqalpoğiston Respublikasi Xöjayli tumani Döstlik köçasida ketayotganida, tanişi 29 yoşli D.Ye.ni uçratib qolgan.
Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga köra, D.Ye. bir kun oldin bölib ötgan voqea tufayli bir marotaba yuz qismiga urgandan jahli çiqib, uyidan olgan oşxona piçoği bilan D.Ye.ni qörqitib qöyiş maqsadida körsatib, bir marotaba siltagan paytida, D.Ye.ning qorin sohasiga tiqib olib, hayot uçun xavfli bölgan «oğir» tan jarohati yetkazgan.
Natijada, D.Ye. olgan tan jarohati bilan tibbiyot muassasaga yotkizilgan.
Hodisa joyidan jinoyat quroli hisoblangan 1 dona oşxona piçoği aşyoviy dalil tariqasida rasmiylaştirib olingan.
Holat yuzasidan Xöjayli tumani IIB huzuridagi Tergov bölinmasi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga oğir şikast yetkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan, hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

















