Pandemiya şaroitida aholining tölov qobiliyati pasayişi hisobga olinib, farzandi tölov-şartnoma asosida öqiydigan oilalarga qator yengilliklar berilmoqda. Bu borada Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi hamda Moliya vazirligi tomonidan takliflar işlab çiqildi.
Unga köra:
- 2020/21 öquv yilida amaldagi bazaviy tölov-kontrakt miqdori uçun kunduzgi şaklda öqiydigan barça talabalarga 10 foiz çegirma beriladi;
- OTMlar tomonidan yetim, çin yetim, nogiron bölgan talabalarga hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj, «temir daftar» röyxatidagi oilalar farzandlari bölgan talabalarga kontrakt tölovlarini qoplaş uçun manzilli moddiy yordam körsatiladi. Bunda OTMlar mavjud mablağlari hisobidan talabalarning ijtimoiy holatidan kelib çiqib, 4 mln sömgaça moliyaviy yordam körsatiş imkoniyatiga ega böladi;
- Qurolli Kuçlar safida muddatli harbiy xizmatni ötagan va OTMlarda tölov-kontrakt asosida öqiyotgan 4 mingdan ortiq talabaga şartnoma miqdorining 35 foizini tölaş orqali moddiy yordam körsatiladi. Uşbu moddiy yordam bir talabaga bir yilda 2,4 mln.sömdan 3,4 mln.sömgaça miqdorni taşkil etadi.
Qöşimça qilinişiça, OTMlarda ta'lim oliş (özining, 26 yoşga tölmagan farzandlarining yoki erining (xotinining) ta'lim olişi) uçun tölovlarga yönaltiriladigan, soliq solinişi lozim bölgan iş haqi va boşqa daromadlari daromad soliğidan ozod qilingan bölib, bunda bir nafar talaba uçun kontrakt tölagan oilaga bir yilda 770 ming sömdan 1 mln 177 ming sömgaça mablağ daromad soliğidan imtiyoz şaklida qaytadi.
«Tölov-şartnoma asosida öqiydigan talabalarga şartnoma şartlarini bajarişda beriladigan çegirmalar hisobiga davlat budjetiga ortiqça yuk tuşmasligi uçun oliy ta'lim muassasalarida öquv jarayoniga tegişli xarajatlar normativlari qayta körib çiqiladi hamda ularda qöşimça ta'lim xizmatlarni körsatiş hisobiga budjetdan taşqari mablağlarni jalb qiliş orqali çegirma xarajatlarini qoplaş çoralari köriladi», – deyiladi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi axborotida.
Eslatib ötamiz, OTMlarda 2-kurs va undan yuqori bosqiç talabalari uçun yangi öquv yili 2 sentyabrdan, masofaviy şaklda boşlanadi. Şu kundan öqişga kiriş böyiça test sinovlari ham boşlanib, öqişga qabul qilingan 1-kurs talabalari uçun darslar 1 oktyabrdan yo an'anaviy, yo masofaviy tarzda boşlanişi rejalaştirilgan.


















