Vazirlar Mahkamasining şu yil 30 iyuldagi 458-son qarori bilan, koronavirus infeksiyasi tarqalişiga qarşi kuraşga jalb etilgan tez tibbiy yordam xodimlari (vraçlar, örta tibbiyot xodimlari va haydovçilar) Qurbon hayiti munosabati bilan bir martalik moddiy rağbatlantirilgan edi.
Bu maqsadlar uçun davlat budjetidan 100 mlrd söm va tadbirkor va Alişer Usmonov tomonidan 100 mlrd söm (10 mln AQŞ dollari ekvivalentida) ajratilgan.
Qarorga muvofiq, respublikada koronavirus infeksiyasi tarqalişiga qarşi kuraşiş, aholining sanitariya-epidemiologik osoyiştaligi va salomatligini saqlaşga jalb qilingan tez tibbiy yordamning –
- vraç xodimlari – 5 million söm;
- örta tibbiyot xodimlari (feldşerlar va sanitarlar) – 4 million söm;
- haydovçilari – 3 million sömdan bir martalik moddiy rağbatlantirilgan.
Uşbu rağbatlantiriş tölovlari faqat 2020 yil 1 iyungaça işga qabul qilingan xodimlarga nisbatan tatbiq etilişi belgilangan.
Tahririyatimizga koronavirusga qarşi kuraş jarayonida faoliyat yurituvçi tibbiyot tizimi xodimlarini moddiy rağbatlantiriş va qöşimça ustamalar tölaş tartibiga oid savollar kelişda davom etmoqda. Navbatdagi ikki murojaatda hukumatning yuqoridagi qarori bilan belgilangan rağbatlantiriş tölovlariga oid vaziyat haqida söz yuritiladi.
«Men tez tibbiy yordam xizmatida feldşer bölib işlayman. Vazirlar Mahkamasining 458-qarori böyiça tez tibbiy yordamda işlaydigan vraçlar 5 mln söm, feldşer va sanitarlar 4 mln, haydovçilar 3 mln sömlik bir martalik rağbatlantiriladi, deyilgandi. Men işlaydigan Qaşqadaryo viloyati Kasbi tuman tez tibbiy yordamida bu pullar işçining stavkasiga qarab berildi, ya'ni xodim 1 stavkada işlasagina aytilgan pulni oldi. Qiziq tomoni, örta tibbiyot xodimlaridan deyarli heç kim 1 stavkada işlamaydi. Men ham 0,5 stavkada işlayman va şunga yaraşa 2 mln söm oldim. Şu iş töğri böldimi, aniqlik kiritib bersangiz», – deyiladi qaşqadaryolik muştariy yöllagan maktubda.
Masala yuzasidan soğliqni saqlaş vaziri örinbosari Şohrux Şorahmedov bilan boğlandik.
– Bu holatda mablağ qarorga muvofiq taqsimlangan. Bir martalik rağbatlantiriş adolat nuqtayi nazardan töğri bölsin deb, stavkadan kelib çiqib beriladi. Çunki 1 stavkada töliq işlagan va 0,25 stavkadan işlaganlar bir xil mablağ olsa, bunda ham noroziçilik çiqib kelişi mumkin, – deya javob berdi Şorahmedov.

















