Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov Toşkent şahrida davom etgan ma'lum muddat davolanişdan söng töliq soğaygan hamda öz faoliyatini davom ettirişga kirişgan. Bu haqda Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmati Kun.uz’ga ma'lum qilmoqda.

Q.Tursunov viloyat hokimligining mas'ul xodimlari — hokim örinbosarlari, kotibiyat mudirlari, guruh rahbarlari hamda boşqa mutasaddilar bilan ötkazgan dastlabki yiğilişida hududlarda olib borilayotgan islohotlarni davom ettiriş hamda yangi bosqiçga olib çiqiş, aholi orasida koronavirus pandemiyasi bilan boğliq har qanday muammolarni oqilona bartaraf etiş yöllari borasida öz taklif va tavsiyalarini bildirgan.

«Pandemiyani jilovlaş jarayonlarida birinçi navbatda aholi salomatligini muhofaza qiliş, şuningdek, har tomonlama murakkab şaroitda iqtisodiy-ijtimoiy sohalarning barça böğinlarida barqaror iş tizimini ta'minlaşda mavjud kuç va imkoniyatlarni tölaqonli safarbar etiş davr talabidir», dedi yiğilişda Q.Tursunov.

31 iyul kuni Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmati Q.Tursunovning malakali tibbiyot mutaxassislari tomonidan SSV tavsiyalariga muvofiq işlab çiqilgan standartlar asosida davolaş kurslarini ötayotganini xabar bergan edi.
Eslatib ötamiz, 16 avgust kuni Surxondaryo viloyati hokimi Töra Bobolov ham koronavirusdan infeksiyasi asoratlaridan tuzalib çiqqani xabar qilingan edi.
















