Plastikning yangi turi AQŞning Kolorado ştati universiteti laboratoriyasi boşçiligidagi olimlar guruhi tomonidan işlab çiqilgan. Bu haqda New Scientist naşri xabar berdi.
Yangi material bitsilik tiolaktonlar deb ataluvçi kimyoviy quriliş bloklaridan taşkil topgan bölib, yuqori bikirlik, mustahkamlik va barqarorlik körsatkiçlariga ega.
Tadqiqot mualliflaridan biri Yujin Çenning ta'kidlaşiça, yangi plastik kimyoviy katalizator iştirokida 100 daraja issiqqaça qizdirilib oson qayta işlanişi mumkin. Plastik yuqori harorat ta'sirida boşlanğiç quriliş bolklariga parçalanib, söngra uşbu bloklar yana şunday yuqori sifatli materialga qayta birlaştirilişi mumkin.
Biroq innovatsion materialning kamçiligi mavjud.
“Asosiy muammo şundaki, uşbu plastikni qayta işlaş uçun çiqindilar orasidagi boşqa turdagi plastiklardan ajratib olinişi va söngra qayta işlanişi lozim”, deyilgan maqolada.
Olimlar uşbu kamçilikni arzimas muammo deb hisoblamoqdalar, çunki uşbu plastik zamonaviy işlab çiqariş talab etadigan barça xususiyatlarga ega.
Ularning ta'kidlaşiça, dunyoda har yil 300 mln tonnadan köproq plastik işlab çiqariladi va uning oz qismi qayta işlanadi. Qolgan plastik çiqindilar çiqindixonalarga jönatiladi, yoqib yuboriladi yoki atrof-muhitga tuşadi.
Avvalroq olimlar Atlantika okeanining 200 metrgaça çuqurlikdagi yuqori qatlamlarida 12-21 mln tonna palstik çiqindilar suzib yurişini ma'lum qilişgan.

















