Unda maktablarning oçilişi bilan boğliq amalga oşiriladigan işlar haqida ma'lumot berildi.

“Avvalambor maktablarni oçilişini ijobiy baholaşimiz darkor, öquvçilarni nafaqat bilim olişi balki psixologik holati ham muhim jihat, biroq maktablarning oçilişida e'tiborga olişimiz zarur bölgan tomonlari mavjud, jumladan: 

  • maktabga taşqaridan infeksiyaning kirişiga yöl qöymaslik;
  • öqituvçilar/öquvçilar va boşqa xodimlar orasida COVID-19 tarqalişining oldini oliş çoralarini köriş.

Bu borada sanitariya me'yor va qoidalari işlab çiqilgan va ayni kunlarda mutasaddi vazirlik va idoralar bilan kelişilmoqda”, - dedi Rustam Ikromov.

Şuningdek, bu borada maktabgaça ta'lim taşkilotlariga oid ma'lumot ham taqdim etildi.

“Avval xabar berganimizdek, maktabgaça ta'lim taşkilotlari faoliyatiga boğliq 0373-20 sonli “COVID 19 pandemiyasi davrida maktabgaça ta'lim taşkilotlarining iş faoliyatiga qöyiladigan vaqtinçalik sanitariya-gigiyenik talablar” sanitariya me'yor va qoidalari işlab çiqildi va 2020 yil 12 avgustda tasdiqlandi. Uşbu qoidalarga muvofiq faoliyatni ruxsat etilgan kundan e'tiboran boşlaşlari mumkin böladi”, - dedi ştab a'zosi.